SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2019
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222324
262728293031 
Fayzulla Xo'jayev nomidagi Buxoro davlat universiteti tashkil topgan kun
1992-03-15

Buxoro universiteti-Fayzulla Xo'jaev nomidagi Buxoro davlat universiteti-ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o'quv yurti. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992 yil 15 martda Buxoro pedagogika Unversiteti (1930) negizida tashkil etilgan. Unda 9 fakultet (fizika-matematika, iqtisod, kimyo-biologiya, qishloq xo'jaligi, badiiy grafika va xalq amaliy bezagi san'ati, tarix-geografiya, xorijiy filologiya, pedagogika va jismoniy madaniyat, o'zbek filologiyasi), bir ijtimoiy o'quv markazi, 50 ixtisoslashtirilgan kafedra, mintaqaviy til markazi, ixtisoslashtirilgan akademik lisey, gimnaziya, tayyorlov kurslari, kutubxona (nodir qo'lyozmalar va toshbosma asarlar bo'limi bilan), botanika bog'i, planetariy, hisoblash markazi, test markazi, universitet tarixi, o'lka zoologiyasi, arxeologiya, muzeylari, o'quv-sport, sport-harbiy tayyorlov, sport-sog'lomlashtirish majmualari, ma'rifiy-madaniy ishlar klubi bor (2001). universitetda 23 ixtisoslik bo'yicha mutaxassislar tayyorlaniladi. Unda aspirantura, magistratura, doktorantura mavjud. 2000/2001 o'quv yili universitetda 5 mingdan ortiq talaba ta'lim oldi, 341 o'qituvchi, jumladan, O'zbekistan Fanlar Akademiyasining akademik, 28 fan doktori va professor, 272 fan nomzodi va dosent ishladi. Universitetda turli yo'nalishlarda ish tashkilot ishlari olib boriladi. RF, Italiya, Irlandiya, Fransiya, MAP, Polsha, Germaniya, AQSh ilmiy muassasalari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Tashkil bo'lgandan beri universitet 25 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi (2001).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan