
1900 yil 29 mayda “Otis” amerika kompaniyasi o‘zining yangi “Eskalator” savdo markasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bundan oldinroq kompaniya Parijdagi xaqaro ko‘rgazmada o‘zining birinchi eskalatorini namoyish qilgan edi. “Eskalator” qurilmasini ishlab chiqarish uchun patentni ixtirochi J. Renoga 1892 yili mart oyida berilgan edi, “Otis” kompaniyasi esa eskalatorni ishlab chiqara boshladi va hayotga tadbiq qildi. “Eskalator” so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda “har qanday yuklarni yuqoriga ko‘tarib beruvchi transport mashinasi” ma'nosini anglatadi. Bu zinapoyalardan harakatlanuvchi narvon insonlarni yoki har qanday yuklarni binoning bir sathidan boshqasiga ko‘tarilishiga mo‘ljallangan. Eskalator 30-35 diapozonda zinapoya gorizontiga qarab egilish xususiyatiga ega. Asta-sekin har qanday avtomatik zinapoyalar odamlar orasida savdo markasi emas, balki “Еskalator” deb atala boshladi. Keyinchalik “Eskalatorlar” dunyoning ko‘pgina shaharlari meropolitenlarida, yirik savdo markazlarida, vokzal, aeroportlarda, yer osti o‘tish joylarida, ishlab chiqarish sanoat korxonalarida keng qo‘llanila boshlandi. Eskalatorlarni asosan ikki turi chiqariladi, tunelli va qavatli. Rossiyada birinchi eskalatorlar Moskva metropolitenini qurishda paydo bo‘ldi. Hozirda eskalatorlarni ishlab chiqarishda texnikaning boshqa sohalaridagi kabi, yangi texnologiyalar asosida, passajirlarni tashishda havfsizligini ta'minlovchi, takomillashgan dizaynli, ekologik toza qurilish materiallaridan foydalanilib, shovqin va tebranish darajasini pasaytiruvchi, har jihatdan qulay, shinam turlari qo‘llanilayapti.