SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4578910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Rossiyada birinchi Rossiya Davlat kutubxonasi tashkil qilishga asos solingan kun
1795-05-27

Sankt-Peterburg milliy Rossiya kutubxonasi mamlakatning qadimiy Davlat kutubxonasi bo‘lib, zahirasining kattaligi jihatidan Rossiyada ikkinchi o‘rinda turadi. Dunyodagi eng yirik axboro-bibliografik muassasalaridan bo‘lib, kutubxonashunoslik, kitobshunoslik, bibliografiya sohasidagi ilmiy-tadqiqod va ilmiy-metodik markaz hisoblanadi. 1795 yil 27 mayda imperatritsa Yekatirina II ning farmoni bilan dunyoda eng yirik Imperator ommaviy kutubxona va milliy zaxiraxona tashkil qilingan. O‘shandayoq Yekaterina II arxitektor Ye. Sokolovning kutubxona binosini qurish loyihasini ma'qulladi. Kutubxonaning qurilishi 1795 yil iyunda boshlanib, Rossiyadagi birinchi kutubxonaga moslashtirilgan binolardan bo‘ldi. Qurilish uchun poytaxtning markazi, Senna  bilan Nevskiy prospekti kesishgan ko‘cha, hamda imperator saroyiga yaqin govjum joy tanlandi. Yekaterina II ning niyati milliy kutubxona Rossiya davlatini qudratli timsoli ekanligini, imperatritsaning bunyodkorlik ishlariga intilish xarakterini, ma'naviy-marifiy ishlarga sodiqligini ko‘rsatib bermoqchi bo‘ldi. Kutubxonaning fondi jamlash binoning qurilishi bilan birga olib borildi. 1795 yilda imperatritsaning xoxishi bilan Varshavadan aka-uka Zaluskiylarning kolleksiyasi, keyinroq Parijdagi  rus elchixonasi amaldori P. Dubrovskiyning mashhur qo‘lyozma to‘plami keltirildi. Rossiyada  kutubxonaning tashkil etilgan kun Rossiya Prezidentining 1995yil 27 maydagi farmoniga binoan Butun Rossiya kutubxonalari kuni deb nishonlanadi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan