
1863 yili yaradorlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro komissiyaning tuzilishidan keyin qizil oy harakati vujudga keldi. Avval bu tashkilot faqatgina urush qatnashchilariga, jangda jarohatlanganlarga yordam bergan. Biroq keyinchalik bu harakat o‘zining faoliyatini kengaytirib, tinch aholiga ham favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish barobarida, tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyati harakati insonparvarlik, beg‘arazlik, betaraflik, mustaqillik, ixtiyorlik, birlik, universallik kabi tamoyil asosida faoliyat olib bormoqda. Qariyb dunyoning 175 mamlakatlaridan 400 mlnga yaqin insonlar xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyati harakati bilan birlashgan. Rossiyada shu tashkilot bilan bog‘liq yana bir bayram-15 mayda Rossiya Qizil Xoch jamiyatining rasmiy tashkil qilinganligi nishonlanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati safida 1 million 300 mingdan ziyod a'zo va 36 mingdan ortiq ko‘ngillilar mavjud. Jamiyatning 15 ta mintaqaviy tashkiloti tarkibida 191 tuman hamda shahar bo‘limi, 2,5 mingta boshlang‘ich tashkiloti faoliyat ko‘rsatayotir. Muhimi, ular tibbiy-gumanitar, ijtimoiy-maishiy, madaniy-ma'rifiy sohalardagi faoliyati bilan davlat va jamoat tashkilotlarining yaqin ko‘makchisiga aylandi.