SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Butunjahon ustozlar va murabiylar kuni
1994-10-05

Bugungi kunda 5 oktyabr 100 dan ortiq mamlakatlarda Butunjahon ijtimoiy muallimlar kuni nishonlanadi. Ushbu bayram 1994 yil 5 oktyabr kuni ta'sis qilingan. Shunday bayram kunida o'qituvchilarninig ta'lim berishdagi beqiyos o'rni, jamiyatning rivojlanishidagi ulkan hissasi qadrlanadi. 1966 yil Parijda bo'lib o'tgan muallimlarning maxsus o'rni haqidagi xalqaro hukumatlar konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyaga binoan Yunesko va Xalqaro Mehnat tashkiloti tomonidan muhim hujjat “Ustozlarga tegishli tavsiyalar” imzolangan. Ustoz-bu zotga qancha tarif bersak oz, ustozga bo’lgan hurmat, muhabbatning cheki yo’q. U zot o’ziga nisbatan mehrni odobi, ta’lim-tarbiyasi orqali yurakka yo’llaydi. O’qituvchi bo’lish oson emas. Har bir bola turfa xil dunyo. Ularning ko’ngliga yo’l topish, yuragiga ezgulik urug’ini qadash kishidan katta matonat talab qiladi. Shunday bo’lsa-da, muallim bo’lishni orzu qiladigan, hayotini, kuch-quvvatini shu yo’lga bag’ishlaganlar har doim ham ko’plab topiladi. Ustoz – endi maktabga qadam qo’ygan o’quvchilarni darslarga moslashtirish usullari haqida saboqlar beradi. Bolani o’yin olamidan birdaniga ajratib olib, o’qishga jalb etish o’g’il qizlar xayolida mashg’ulotlar juda zerikarli va qiyin degan tushuncha shakllanib qolishiga olib keladi. Ularni ta’lim jarayoniga asta-sekin moslashtirish, dastlabki darslarni ko’proq o’yin tarzida  o’tish, bolalarga savollar berib, javobini topganlarni rag’batlantirib borish orqali yaxshi natijaga erishadi. “Donishmandlar fikriga ko’ra, bolani o’yinga to’g’ri o’rgata bilish mahorati unga olam sirlarini mutolaaga qaraganda kengroq va ishonchliroq namoyon etadi”.

                                                                                        

      


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan