
Toshxo'ja Xo'jaуev (1922 - 1975) Taniqli teatr
rejissyori va aktyori 1922 yil 1 sentyabrda Toshkentda tug'ilganyu U 1951 yilda
A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini
tugatgan. Toshxo'ja Xo'jayev 1950 – 1960 yillarda Hamza nomidagi O'zbek Davlat
akademik drama teatrida rejissyor, 1957 – 1970 yillarda “O'zbekfilm”da
aktyorlar studiyasiga rahbar vazifasida ishlaydi. Bir qancha filmlar rollar ijro etadi. Toshxo'ja
Xo'jayev ilk bor Molerning “Skapenning nayranglari” asarini sahnalashtiradi.
So'ngra A. Qahhorning “Shohi so'zana” (A. Ginzburg bilan hamkorlikda),
B.Rahmonovning “Yurak sirlari”, A.Shteynning “Shaxsiy ish”, Oybekning “Oltin
devor”, Uyg'unning “Hurriyat” kabi o'ttizga yaqin spektakllarga rejissyorlik
qiladi. Bu spektakllarda zamonaviy rejissuraga xos o'ta aniqlik, har bir detal
va xatti-harakatni realistik simvol darajasiga ko'tarish uslubini
ko'ramiz.Toshxo'ja Xo'jayev o'zi sahnaga qo'ygan bir necha spektakllarda qator
obrazlar ham yaratgan edi. Toshxo'ja Xo'jayev rejissyorlik va aktyorlikni pedagogik
faoliyat bilan mohirona bog'lab olib borgan iqtidorli ustozdir. U ko'p yillar