SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Isroilda "Daraxtlarning yangi yili" bayrami kuni
1860-01-16

16 yanvar ( 2014 yil uchun sana) kuni - Isroilda Tu bi - shvat kuni deb nomlangan bo‘lib, odatda yomg‘irlar mavsumi tugaydi va tabiat yangilanadi. Tu bi-shvat – bu yahudiy taqvim bo‘yicha shvat oyning 15- kunidir. Bu kuni mevali daraxtlarning hosilidan bir qismi ibodatxonaga taqdim etilgan. Tu bi-shvat bayrami donishmandlar tomonidan hosilning bir qismini ajratish maqsadida o‘ylab topilgan. Gullab turgan bodom daraxti - bayramning ramzi hisoblangan. Daraxtlarni himoya qilish maqsadida,  qonun tomonidan  daraxtlarning hosilga kirgunga  qadar birinchi uch yil davomida mevalarini ishlatish man qilingan. Daraxtlarning yoshini bilish uchun esa, uning tug‘ilgan kunini aniq belgilab qo‘yish kerak. Bayramni nishonlashning asosiy sabablari  bo‘lgan. Urush davrida yahudiylar  o‘z ajdodlari yerlarini tashlab ketishgan.Davlatning yo‘qolishi natijasida bayramlar ham tugatilgan.  Urush davrida ko‘plab  daraxtzorlar va o‘rmonlar qirilib ketgan, yerlar sahroga aylangan. Bayramning rivojlanish tarixida yangi davr boshlangan. Muhojirlar, o‘z ajdodlari yerlariga qaytishgach,  sahroga aylangan yerlarni   gullayotgan bog‘larga aylantirish kerakligini ular anglab yetganlar. 1860 yil shvat oyining 15 kunida yozuvchi va tarixchi, maktab rahbari -Zeev Yavis  o‘z o‘quvchilari  bilan daraxt ko‘chatlarini ekishga chiqishgan. Shundan so‘ng, mamlakatda Tu bi- shvat kunida daraxt ekish an’anasi joriy qilingan. Gulab turgan bodom daraxti -  bayramning timsoli sifatida muhojirlarning ko‘chib kelish paytidan boshlangan. Yahudiylar «Daraxtlarning yangi yili»  bayramini nishonlab,  mevali daraxtlar haqida shunday fikrlarni bildiradilar: Daraxtlarni nafaqat kesish, balki shohlarini ham sindirish mumkin emas, chunki ular odamlarga mevalar beradilar. Insonlarning daraxtlar bilan umumiy jihatlari ko‘p. Inson,  xuddi daraxtga o‘xshab o‘z ildizlari bilan kuchlidir.Ildizlar ko‘rinmasada, insonlarga va daraxtlarga kuch beradi.Daraxtning shohlari – xuddi inson hayoti kabi, mevalari esa - farzandlari singari. Bayram kuni bolalar va kattalar ommaviy daraxt ekish marosimida qatnashadilar.  Bayram kunida Isroilda undiriladigan mevalardan va boshoqli o‘simliklardan iste’mol qilinadi. Bular – bug‘doy, javdar, uzum, anjir, anor va boshqalardir. Mevalarni iste’mol qilish udumida mevalarning kelib chiqishiga, ularning  yesa bo‘ladigan va bo‘lmaydigan qismlariga e’tibor qaratilib, ketma-ketlikda  iste’mol qilinadi. An’anaga ko‘ra, stolga yetti, o‘n besh yoki ellik xil mevalardan qo‘yiladi. Hozirgi kunda bayram yangi ma’noga ega bo‘ldi, Bayram haftaligi  davomida insonlarni tabiatni  asrab - avaylashga  undash  maqsadida  ekskursiyalar tashkil qilinadi. Bu bayram tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari  uchun  kata ahamiyat kasb etadi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan