SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Hindistonda "Pongal" - hosil bayrami kuni
0000-01-14

Pongal-Hindistonda hosil bayrami bo‘lib, bu bayramning nishonlanishi janubiy Hindiston aholisi  uchun juda muhim hisoblanadi. Pongal - hosil bayrami yanvar oyida qishki quyosh turishi kunidan keyin nishonlanadi. Pongal bayramining sanasi Quyosh taqvimi asosida belgilanadi, shu sababli u yildan yilga o‘zgarmaydi. Pongal kunlari astronomik jihatdan muhim va hindistonliklar uchun  juda ma’qul-  har yili 14 yanvarda quyosh shimol tomonga qarab olti oylik sayohatini boshlaydi va Jadiy yulduzlar turkumiga o‘tadi. Bu samoviy voqea Pongal deb nomlanib, janubiy Hindistonda nishonlanadi. Yer maydonlari gullarga burkanganda festival o‘tkaziladi, shuning uchun Pongal bayrami dehqon jamoalarida yashnash, birdamlik va yaxshi hosil bayrami hisoblanadi. Bayramda  qattiq qishdan keyin birinchi hosildan olingan guruchdan taom tayyorlanadi. "Pongal" so‘zi -  "shirin guruch taomi" degan ma’noni anglatadi. Bayram davomida dehqonlar Quyosh ma’budiga yaxshi hosil uchun minnatdorchilik bildiradilar.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan