SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    13
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Toshkentda besh yulduzli “Interkontinental” mehmonxonasining birinchi navbati foydalanishga topshirilgan kun
1996-10-31

“Interkontinental Toshkent” (ingl.”Inter Continental Tashkent” – “Qit’alararo Toshkent”) (Amir Temur shohko’chasi, 107 a-uy) – Toshkentdagi birinchi 5 yulduzli mehmonxona. “O’zekspomarkaz” hududiga tutashgan. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tasarrufida. 1996 yil qurilgan (bosh me’mori A.To’xtayev). Bosh pudratchi Turkiyaning “Yuksal Inmaat” firmasi, qurilishini “Aysel” korxonasi amalga oshirgan. Bunyodkorlik ishlariga 27 xorijiy firma jalb qilingan. Ichki bezak va jihozlari AQShning “Grexand” kompaniyasi tomonidan bajarilgan. Foyesi sharqona uylardagi kabi kichik hovlili, ko’rkam favvoraga raqqosa haykalchasi o’rnatilgan. Amir Temur nomidagi konferens – zalidagi jihozlar klassik jihatdan oddiy, B.Jalolovning “Tun ma’budasi” va “Afrosiyob” nomli kompozitsiyalari naqshlar bilan uyg’unlashtirilgan. Lyuks xonalari va restoran devorlari o’ziga xos sharqona pardozlangan. Binoni tashqi tomondan bezashda Italiya granitlaridan foydalanilgan. Ustunlardagi sher aksi tushirilgan marmarlar Afrikadan keltirilgan. Mehmonxonani qurishda yog’och, metal, tosh va oynadan foydalanilgan. Mehmonxona 16 qavatli, 233 nomerga ega. Har bir nomer kichik bar, televizor, konditsioner, xalqaro telefon va hokazolar bilan jihozlangan. Beznes markaz, 7ta konferens – zal, sauna, fitnes klub, basseyn, 3 ta restoran, bir necha qahvaxona mehmonlarga xizmat qiladi. Mehmonxona yaqinida “Toshkentlend” bog’i, “Akvabog’”, Moliya instituti, Milliy bank binosi, biznes va savdo markazlari joylashgan. Metroning “Bodomzor” bekati yaqinida.

Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan