
28 fevralda nishonlanadi. 1890 yilda Ispaniyada o‘tkazilgan referendum natijalari bo‘yicha Andalusiya muxtor viloyat maqomini olgan. Andalusiya – Ispaniyaning janubiy qismidagi muxtor viloyat Maydoni 87,3 ming km2. Ma’muriy markazi – Sevilya shahri. Ma’muriy jihatdan 8 provinsiya – Almeriya, Granada, Kadis, Kordova, Malaga, Sevilya, Uelva, Xaenga bo‘linadi. Eng yirik portlari: Sevilya, Kordova (Qurtuba), Malaga, Kadis. Yevropaning eng janubiy nuqtasi – Marroki burni Andalusiyada Andalusiya janubiy-g‘arbida Atlantika okeani (Kadis qo‘ltig‘i), janubiy-sharqda O‘rta dengiz bilan o‘ralgan, janubda Gibraltar bo‘g‘ozi uni Afrika qit’asidan ajratib turadi. Gvadalkvivir daryosi havzasidagi Andalusiya pasttekisligi viloyat hududining aksari qismini egallagan. Pireney yarim orolining eng baland nuqtasi – Mulasen cho‘qqisi (3478 m) Andalusiyada joylashgan. Tog‘lar doim yashil o‘rmon va butazorlar bilan qoplangan. Bayram kuni ko‘pchilik aholi o‘z balkonlarini Andalusiya bayrog‘i bilan bezatishadi. Ba’zi shaharlarida, Malaga qishlog‘idagi maktablar “Madaniyat haftaligi” munosabati bilan yopiladi. Bayram arafasida juma kunida maktablarda an’anaviy andalusiya nonushtasi beriladi, nonushta zytunyog‘i qo‘yilgan non bo‘lagi va apelsin sharbatidan iborat.