SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
2425262728  
Yaponiyada “Davlati tashkil topgan kun” bayrami
1966-02-11

11 fevral – “Davlat tashkil topgan kun” bayrami Yaponiyada “Milliy bayramlar haqida”gi  qonun bilan joriy qilingan, shuning shiori: “Davlat tashkil topgan kunni eslash, mamlakatni sevadigan yurakni tarbiyalashdir”. Bayram har yili 11 fevral kuni nishonlanadi va umumxalq dam olish kuni hisoblanadi. Zamonaviy Yaponiya – bu tezkorlik va megapolislar kengligidir. Yaponiya tarixi kitobida, Nara davri (710-794) paytidan boshlangan davlat solnomasida shunday deyilgan: yapon davlati tashkil topgan kun - taxtga birinchi Yaponiya imperatori – Dzimmu  kelgan kun hisoblangan. Bu sana Grigorian kalendari bo‘yicha eramizdan avvalgi 660 yilning 11fevraliga to‘g‘ri kelgan. Birinchi Yaponiya imperatori – Dzimmu   eramizdan avvalgi 660-585 yillarda davlatni boshqargan. 1966 yilda “Davlat tashkil topgan kun” bayrami rasmiy tarzda Yaponiyaning milliy bayramlari ro‘yxatiga kiritilgan, lekin qonun 1967 yilda kuchga kirgan. Yaponlar o‘z navbatida  - o‘z mamlakatining vatanparvarlari hisoblanadilar.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan