
350 yil avval Fransiyaning katta komediya yozuvchisi, bir qator ajoyib komediyalarni yaratgan Molyer o’z asarlarida ashula, musiqa va raqsni ustalik bilan dramaturgiyaga uyg’unlashtira olardi. Uning ko’p asarlari yuqori badiiy fazilatlari bilan birga, jamiyat uchun ham katta ahamiyatga ega bo’lgan. Agar o’zining birinchi komediyalarida Molyer ijtimoiy satira chizig’ini ehtiyotlik bilan o’tkazgan bo’lsa, 1660- yillarda u o’zining eng yaxshi komediyalarini yaratdi, ularda fransuz jamiyati yuqori qatlamini tanqidga olgan. O’ziga xos realizm va topqirlik bilan Molyer nuqsonlarni oshkor qilgan, qizg’onchiqlar, ikkiyuzlamachilar va rohib kiyimidagi yoki qimmat parikdagi faxshbozlar qiyofalari galereyasini yaratibgan. 1664 yilda Molyer "Tartyuf, yoki munofiq" komediyasini yaratgan. Unda avtor fransuz jamiyatini ahloqiy tuzatish bahonasida qiynayotgan va yo’ldan urayotgan cherkov va ruhoniylar ustidan kuladi. Komediya birinchi tahririda 3 sahnadan iborat edi va Versalda tayyorlanayotgan ulkan bayramda ko’rsatish uchun mo‘ljallangan edi, Molyer ham bayramni tashkil etishga jalb qilingandi. 1664 yili 12 mayda Versalda "Sehrli orollar ko’ngil xushliklari" saroy bayramida Molyerning "Tartyuf, yoki munofiq" komediyasi premyerasi bo’lib o’tgan, u yerda fransuz jamiyati eng yuqori tabaqasi ishtirok etgan. Biroq pyesa bayramni buzdi hamda aristokratlar va ruxoniylar yashirin va nufuzli tashkiloti "muqaddas sovg’alar jamiyati" ning bo’ronli g’azabini chaqirdi. Tartyuf qiyofasida jamiyat o’z a'zolariga satirani ko’rdi va pyesa ta'qiqlanishiga erishdi, Molyerga qarshi bo’lsa qirolicha Anna Avstriyskaya boshchiligida haqiqiy mahfiy bitm paydo bo’ldi. Aynan u "Muqaddas sovg‘alar jamiyati"ni boshqarardi. Dramaturgni dinni va cherkovni haqoratda ayblashdi, buning uchun muallifni gulxanda yoqmoqchi bo’lishgan. Molyer komediyasi uchun uzoq va ko‘p kurashishga to’g‘ri kelgan. U qirolning nomiga arznoma yozdi: "Tartyuflar siz oliy xazratning ishonchiga chaqqonlik bilan singib ketishgan va asl nusxalar erishdilar ta'qiqini", lekin bu hech nima olib kelmadi. Molyer pyessani qaytadan ishalashiga to’g’ri keldi va o’tkir satira joylarini yumshatdi. Yangi ko’rinishda kulgi sahna asari, endi 5 aktdan iborat bo’ldi va «aldamchi» deb nomlandi. Qirol tomonidan iltimosnomasiga ruxsat javobi berildi. Lekin keyin 1667 yili avgustda birinchi spektakldan keyin Molyer Parij sudining ta'qiqini oldi, hamda arxiyepiskop ham bu "eretik" komediyani sahnalashtirish va ko’rishni cherkovdan chetlatish havfi ostida man etdi. Faqat bir yarim yildan so‘ng Molyer "Tartyuf", ta'qiqini bekor qilishga muvaffaq bo’‘ldi. U uchinchi tahririda taqdim etilgan va bizning kunlarga shu holda yetib kelgan.