SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2628293031 
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Toshkentda tashkil qilingan kun
1943-09-27

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi (Yahyo G’ulomov ko’chasi, 70) – O’zbekiston Respublikasining oliy ilmiy tashkiloti. Asosiy vazifasi O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishini ta’minlash talablaridan kelib chiqqan holda ustuvor, istiqbolli va ilg’or ilmiy yo’nalishlarni belgilash, istiqbolli fundamental va amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, o’z tasarrufidagi muassasalarning shu maqsadga qaratilgan tashkiliy va tarkibiy masalalarni hal etishdan iborat. Akademiklar hamda o’z tasarrufidagi ilmiy muassasalar ilmiy xodimlari va mutaxassislarini birlashtiradi. Har yili o’z faoliyati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi 1943 yil 27 sentyabrda Toshkentda tashkil qilingan va 1943 yil 4 noyabrda tantanali ochilgan. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tizimida 35 ilmiy tadqiqot muassasasi, 2 ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va markaz, 3 mintaqaviy bo’lim (Qoraqalpog’iston, Xorazm, Samarqand), 4 mintaqaviy ilmiy markaz [Buxoro, Farg’ona, Andijon-Namangan, Janubiy (Qashqadaryo-Surxondaryo)], 2 botanika bog’i (Toshkent va Qoraqalpog’iston), “Fan” nashriyoti, arxiv, aspirantlar uyi va mehmonxona hamda madaniy – ma’rifiy, davolash – sog’lomlashtirish va xo’jalik tashkilotlari mujassamlashgan.

Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan