SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516171920
21222324252627
28293031   
O'zbekiston xalq ustasi Hasan Odilov tavalud topgan kun
1960-07-07

Odilov Hasan Pirmatovich 1960 yil 7 iyulda tavalud topgan. Odilov Hasan Pirmatovich –yog’och o’ymakori. O’zbekiston xalq ustasi. 2002 Toshkentda tug’ilgan. 1982 yildan “Usto” birlashmasida ishlab O. Fayzullayevdan yog’och o’ymakorligi sirlarini o’rgangan. 1991 yildan mustaqil usta. Respublika va xorijiy ko’rgazmalarda o’zining “islimiy” va “girih” naqshli yog’och o’ymakorligi asarlari bilan qatnashib kelmoqda. Toshkentdagi temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi zali va boshqa ma'muriy binolarning yog’och o’ymakorligi bezaklarini bajargan. Ustaning Samarqanddagi imom Buxoriy yodgorlik majmuidagi, Toshkentda xotira maydonidagi ayvonning ustun bezaklari diqqatga sazovor. Odilovning kursi va xontaxtalari ko’p qirrali, o’ziga xos ishlov berilganligi bilan ajralib turadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan