
Pas Oktavio (1914.30.9. – Mexiko 1998) – meksikalik shoir. Birinchi she'riy to'plami “No pasaran” (1936), “Inson ildizi” (1937), “Sening ravshan soyang ostida” (1937), “Dunyo chekkasida” (1942), “Madhiya mag'zi” (1954), “Quyoshning toshi” (1957), “Yaxlit shamol” (1966), va boshqa to'plamlarida Pas Oktavio milliy lirikani badiiy kashfiyotlari bilan boyitgan, fikrlarni jamlashga moyil, metafolarga boy, yuksak ruhiyatli intelektual shoir sifatida namoyon bo'ladi. U qadimiy Meksika hamda Osiyo xalqlariga madaniy merosiga tez-tez murojat etadi. “Yolg'izlikning chalkash yo'llari” esse – kitobida meksikaliklar ruhiyati, Meksikaning tarixiy o'ziga xosliklarini tadqiq etadi. Pasning fikricha, shoirning hozir jamiyatdagi vazifasi inson va tashqi dunyo birligini tiklashdir. Pas Oktavio Meksikaning Hindistonning elchisi (1962-64), Garvard universitetining faxriy direktori (1981), San'at va siyosat sohasidagi bir necha jurnallarga jumladan, “Plural” jurnaliga boshchilik qilgan. Nobel mukofoti laureati (1990).
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O'zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2003.