SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
101113141516
17181920212223
24252627282930
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi O'rxon Mahmudov tavallud topgan kun
1927-09-16

O'rxon Mahmudov Sirojiddinovich (1927.16.9, Toshkent) – infeksionist- pediatr, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1977), tibbiyot fanlari doktori (1966), professor (1968). ToshTI ni tugatgach (1948), Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani ksalxonasida ordinator va bosh vrach (1948-51), ToshTI bolalar infeksion kasalliklari kafedrasining klinik ordinatori (1956-57), assistenti (1957-60), dotsenti (1963-67), professor (1968), mudiri (1969-72), ayni vaqtda ilmiy ishlar bo'yicha professor (1968-71), rektori (1984-87).  1972 yildan O'rta Osiyo (hozir Toshkent) Tibbiyot pediatriya institutining ilmiy ishlar bo'yicha prorektori , bolalar infeksion kasalliklari kafedrasi mudiri. O'zbekiston Pediatriya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1976-83), 1990-97, Pediatriya ilmiy tadqiqot instituti bolalar ichak infeksiyasi bo'limi rahbari (1997 yildan) O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash vazirining o'rinbosari (1983). Asosiy ilmiy ishlar bolalarda uchraydigan infeksion kasalliklar, ularni davosi va oldini olishga oid. Mahmudov O'zbekistonning issiq iqlimida bolalarda uchraydigan ich terlama (qorin tifi) va parativ kasalliklarining alohida belgilarini o'rganib, amaliyotga regidrasiya terapeyasining rasional sxemasini tatbiq etdi. 1-darajali “Sog'lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2002), Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati (1996).

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O'zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2003.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan