SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2628293031 
Biologiya fanlari doktori Fedor Mauer tavallud topgan kun
1897-09-27

Mauer Fedor Mixaylovich (1897.27.9, Qo'qon- 1963.26.6, Toshkent) – seleksioner olim, biologiya fanlari doktori (1955), professor (1957), O'rta Osiyo universitetini tugatgan (1923). Bosh paxta komitetining Turkiston seleksiyasi stansiyasida ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari va bo'lim boshlig'i. O'rta Osiyo universiteti paxtachilik kafedrasi dotsenti (1923-31). 1932-49 yillarda Ozarbayjon Paxtachilik institutida ishladi. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi O'simliklar eksperimental biologiyasi institutida bo'lim boshlig'i, ayni vaqtda O'rta Osiyo universiteti biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dotsenti, professor (1950-63). Mauer yovvoyi va madaniy g'o'za turlari evolyusiyasining tabiiy-tarixiy omillariga asoslangan, jahonda e'tirof etilgan va mukammal hisoblanadigan g'o'za sistematikasini ishlab chiqdi. Mauer O'zbekiston paxtachiligida urug'chilik nazorati ishi tashkilotchisi, Ozarbayjonda ingichka tolali g'o'zani ekish tashabbuskori. Mauer o'rta tolali AN-309, AN-304, AN-315, AN-318, ingichka tolali Giza-7, Si-Aylend – 1, Si-Aylend-2 va g'o'za navlarini yaratgan.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O'zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan