SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Amerikalik pedagog yozuvchi Deyl Brekenrij Karnegey tavallud topgan kun
1888-11-24

Deyl Brekenrij Karnegey (1922 yildan keyin Karnegi deb o'zgartirilgan) Amerikalik pedagog, yozuvchi. U o'z zamonasining ruhshunoslari ilmiy tajribalarini amaliy jihatdan o'rganib, o'zaro munosabatlar nazariyasini yaratgan, ixtilofsiz va muvaffaqiyatli muomala san'atini ishlab chiqqan. O'z-o'zini kamolga yetkazish bilan bog'liq kurslar ochib, shaxsiy munosabatlarni shakllantirish, so'zga chiqish va boshqa mavzularda maxsus tizim yaratgan. Karnegining kitoblari hozirgi kunga qadar ommabop sanaladi. Deyl Kanegi 1888 yil 24 noyabrda Missuri shtatida tug'ilgan. U Jeyms Uilyam Karnegey va Amanda Elizabet Xarbisonning ikkinchi o'g'li edi. Oila nochorlikda kun kechirardi. Fermer ota ichmas, chekmas, ertalabdan kechgacha tinim bilmay ishlar edi. Shunga qaramay, nuqul ziyon ko'rardi. U talab bo'lmagan chorva mollarini ko'paytirishni o'ylar, ekin maydonida esa narxi tushgan boshoqli o'simliklarni yetishtirish bilan ovora edi. Oila ba'zida yiliga yigirma dollar atrofida daromad ko'rardi, xolos. O'smir yoshida Deyl sigirlarni sog'ish uchun tongi soat to'rtda uyg'onishga majbur edi. Shunga qaramay, u Uorensburgdagi pedagogik kollejga o'qishga kirib, yaxshigina ma'lumot oldi. O'shandayoq notiqlik san'ati bilan qiziqib, munozara-tortishuvlarda faol qatnashar edi. O'qituvchilar Deylining chiqishimli ekanligini ilg'agan edilar. Deyl kollejda o'qir ekan, uning oilasi yotoq uchun pul to'lashga qurbi etmas, shu bois yigit har kuni otda olti mil yo'l bosib, ushbu ilm dargohiga qatnar edi. Qolaversa, Deyl fermadagi turli-tuman ishlardan bo'shagan paytidagina mashg'ulotlarga qatnar edi. Shu bois kollejdagi ko'plab tadbirlarda ishtirok eta olmas, bunga vaqti ham, tuzukroq usti-boshi ham yo'q edi: uning bittayu-bitta odmiroq kostyumi bor edi, xolos. 1908 yil yigirma yoshga to'lgan Deyl doimiy ravishda och-nahor yurardi. Tahsildan keyingi ilk faoliyati rancho egalariga sirtdan dars berish bo'ldi. Nebraskada hujjat tashuvchi, chopar bo'lib, keyin esa Nyu-Yorkda aktyor sifatida ishlay boshladi va notiqlik san'ati bo'yicha saboq olishga bel bog'ladi. Mashg'ulotlar muvaffaqiyatli o'tib, u shaxsiy amaliyot sari qadam tashlashga qaror qildi. Deyl futbol jamoasidan joy olishga harakat qildi, biroq vazni yengilligi sababli trener uni qabul qilmadi. Bolaning ko'ngli o'ksib, o'ziga nisbatan norasolik tushunchasi shakllanishi mumkin edi. Onasi buni to'g'ri anglab, unga mubohasa to'garagiga borishni maslahat berdi. Bir necha martalik urinishdan so'ng Deyl mazkur to'garakka qabul qilindi. To'garakdagi mazkur chiqishlar haqiqatan ham Deylning o'z kuchiga ishonch, notiqlik borasida muayyan amaliyot paydo qildi va muvaffaqiyatga erisha boshladi. Bir yil ichida Deyl notiqlik bo'yicha o'tkazilgan tanlovlarda yuqori o'rinlarga sazovor bo'ldi. U muntazam ravishda munosabatlar ko'nikmasinining ulkan ta'lim tizimini shakllantirib bordi. Mazkur tizim shu qadar o'ziga xos ediki, Karnegi mualliflik huquqini ham rasmiylashtirishga qaror qildi. Ish jarayonida Louel Tomas bilan hamkorlik qildi va 1934 yilda ularning “Taniqli kishilar hayotidan uncha ma'lum bo'lmagan sahifalar” nomli kitobi nashr etildi. O'qitish, ma'ruzalar va publisistika Karnegini tanitibgina qolmasdan, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning o'ziga xos tizimini takomillashtirishga ham sababchi bo'ldi. Karnegi astoydil izlanish olib borib, biri necha risola chop ettirdi, uning risolalari tinglovchilar tomonidan tashnalik bilan tinglana boshlandi. Tashkil qilgan kursi esa yanada ommalashib, bir darsi uchun odatdagi ikki dollar o'rniga unga o'ttiz dollardan to'lanar edi. Yosh murabbiyning muvaffaqiyati haqida eshitgan boshqa prfessional klublar Karnegiga iltimosnomalar bilan murojaat eta boshladilar. 1933 yilda “Saymond end shuster” nashriyoti boshqaruvchisi Leon Shimkin Deyl Karnegining Larchmontdagi mualliflik kursida tinglovchi sifatida ishtirok etdi. Bu saboq Shimkinda katta taassurot qoldirdi. U Karnegiga tinglovchilarga bergan manbalarini kitob shaklida chiqarishni maslahat berdi. “Do'st orttirish va odamlarga ta'sir o'tkazish haqida” kitobi shu tariqa dunyo yuzini ko'rdi. Bir yil mobaynida mazkur kitob million nusxada sotildi. 1948 yilda Deyl Karnegining “Bezovtalikdan xalos bo'lish va yangi hayot boshlash sirlari” nomli kitobi nashrdan chiqdi. “O'z-o'ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so'zlash san'ati” ham qo'lma-qo'l bo'lib ketdi. U yaratgan institutning dovrug'i tobora keng yoyilardi. Pedagogik faoliyatida namuna bo'lish uchun u uylanishga qaror qildi. Lolita Boker o'zining graf sulolasidan ekanligini bot-bot ta'kidlar edi. Luiza erining oddiy xalqqa mansubligidan junbishga kelar, uyda domiy ravishda g'avg'o ko'tarar edi. Ayni shu paytlarda Karnegi “Baxtli turmush uchun yetti qoida” aks etgan kitobini yoza boshladi. Oradan o'n yil o'tib, kitob tayyor bo'ldi, muallifning sabr-toqati esa tugagan edi. Maxfiy ravishda ajralishga to'g'ri keldi. Qo'lyozma “Do'st orttirish va odamlarga ta'sir ko'rsatish haqida” deb nomlangandi. Mamlakat iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirar, zudlik bilan hammabop omad formulasiga muhtojlik sezilardi. Karnegi kitobi uchun o'zaro kelishuv asosidagi sotuvdan beriladigan 25 foizli to'lov, ya'ni yuz ellik ming dollarni qo'lga kiritdi. Mazkur kitob o'nta milliy bestseller ro'yxatiga kiritilib, hozirgi kungacha mavqeyini yo'qotmagan. Menejerlar, kotibalar, uy bekalari va advokatlar o'z yaqinlari bilan munosabat ko'nikmasini amalda qo'llashardi. Karnegi ta'limi har sohada asqotardi. Keyinchalik Karnegi ishdan deyarli uzoqlashdi. Baxtli tasodif tufayli omadli kechgan ikkinchi nikohidan benihoya rohatlanardi. Deyl Karnegi 1955 yil 1 noyabrda xojkin kasali tufayli vafot etdi. Ko'pchilikning fikricha, har qanday nozik masalalarda ham Karnegi tamoyillari ustun keladi va u “1-raqamli ruhshunos” sifatida qoladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan