SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516171920
21222324252627
28293031   
Shotlandiyada “Kelt musiqa festivali” kuni
0000-01-13

Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida Kelt madaniyati festivali bo‘lib o‘tadi. U Rossiyada ham bor,tarixiy hisoblangan Nijniy Novgorod, Viborg, Novosibirsk shuningdek, Krasnodardek quyoshli shaharda ham bo‘lib o‘tadi. O‘zining vatanida bayram 13dan 30yanvargacha nishonlanadi, “Celtik Connections” nomi bilan Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tadi. 19 kun va tun davomida har bir kishi barcha voqeaning to‘liqligi va yorqinligini his etish mumkin,chunki aynan shu paytda 200ga yaqin tadbirlar o‘tkazilib turadi. Ular orasida xilma-xil konsertlar, sahnalarga Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, AQSh va Ispaniyalik artistlar chiqishadi; maxsus an’anaviy musiqa asboblarida chalishni o‘rganishni xohlovchilar uchun master klasslar yaratiladi; havaskorlar uchun  malaka oshirish, bilimni orttirish uchun dam olishga qaratilgan ilmiy va bilimlarni oshiruvchi  konferensiyalar ishlab chiqiladi va albatta, Kelt madaniyati tabiatini  to‘ldiruvchi  milliy liboslar namoyishisiz o‘tmaydi. Agarda kimda-kim festivalda qatnasha olmasa, hafa bo‘lmasligi kerak, chunki bu bayram munosabati bilan ko‘pchilikka mashhur VVS radiosi boshlovchisi Yan Andersen bilan “Tok-shou va debatlar” dasturi  efirga uzatiladi va u taniqli musiqachilardan intervyular oladi. Lekin eng yirik  bayram Fransuz provinsiyasidagi Bretanida bo‘lib o‘tadi va u 10 kun davom etadi. Ulkanligi shundaki, bu yerga konsert dasturlari bilan gall, skott, erin, gaell, brittlar avlodlari to‘planishadi. Britaniyaliklar buni hammasini g‘oyat  hurmatlagan holda “Kelt assambleyasi” deb atashadi. Hamma buni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi kerak, eng asosiysi, volinkaning ovozi qalbning nozik tubigacha yetib boradi.  

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan