
27 yanvar –(2014 yil uchun sana) Sankt-Morisga “Ovqat shinavandalari” festivaliga har yili butun dunyodan birinchi darajali bosh oshpazlar yetib kelishadi. Sankt-Morisdagi “Ovqat shinavandalari” festivali – har yili o‘tkaziladigan gastronomik festival, qishda 5 kun davomida Shveysariyaning mashhur tog‘ chang‘i kurortida bo‘lib o‘tadi. Sankt-Moris – rivojlangan turistik infra tuzilishga va go‘zal manzaraga ega bo‘lgan tog‘ etagidagi chiroyli va mashhur kurort. Bu yerda butiklar, restoranlar, tungi klublar, kazinolar, muzeylar, sport majmualari ko‘p. Sankt-Morisdagi oqsuyaklarga xos hayot ham juda boy – har yili faqatgina qishki mavsumning o‘zida bu yerda rasmiy ravishda yuzdan ortiq madaniy, sport va oqsuyaklar uchun tadbirlar bo‘lib o‘tadi. – Sankt-Moris nafaqat tog‘ chang‘i trassalari balki, azaldan o‘zining restoranlari bilan mashhur, Engadin vodiysi esa Alpdagi yetakchi pazandalik sohasi bo‘yicha qadimiy udumlariga ega.Shuning uchun, aynan shu yerda – dengiz sathidan 1800 metr balandlikdagi “Dunyo cho‘qqisi”da – “Oliy oshxona” festivali bo‘lib o‘tadi. Har yili butun dunyodan oliy oshpazlik unvoniga sazovor bo’lganlar, “qalpoq” sohiblari va birinchi darajali bosh oshpazlar Sankt-Morisdagi “Ovqat shinavandalari” festivaliga kelishib, o‘zlarining mahalliy hamkasblari bilan oshxonada xaqiqiy mo‘’jizalar yaratishadi. Ular bu yerda yig‘ilishib, barcha tansiq taom havaskorlariga va qadriga yetuvchilarga o‘zlarining iste’dodlarini namoyish qiladilar, ularga 5 kun davomida Sankt-Morisdagi eng yaxshi mehmonxonalarda ko‘p sonli degustatsiyalar uchun dasturxonlar bezatiladi. Festivalning ochilishi 5 yulduzli “Carlton Hotel”da bo‘lib o‘tadi. Festival kunlarida hamma mehmonlar va qatnashuvchilar oliy oshxona ustalarining ijodini ta’tib ko‘ribgina qolmay, balki taomning tayyorlanish jarayonini ham kuzatishlari va tansiq taomlarni “qaynoq holida” mazasini ko‘rishlari mumkin. Festivalning avjga chiqqan payti –“Kempinki Grand Hotel Bains”mehmonxonasidagi o‘tkaziladigan 300kishilik tushlik.Yulduzlar - “bosh oshpazlar” sovuq qishki kurort haroratini qizdiradilar, talabgorlar esa bunday “qorin bayrami”dan mamnuniyat bilan rohatlanadilar. Shuni qayd qilish kerakki, har yili bosh oshpazlar nafaqat ,yangiliklarni ko‘rsatish va tanilish uchungina emas ,balki bir-biri bilan tajriba almashish va pazandachilikda ulg‘ayib kelayotgan yangi yulduzlarni topishdan iborat. Bu o‘ziga xos pazandalik sammiti bo‘lib, unda ko‘pgina konferensiyalar, uchrashuvlar, master-klasslar o‘tkaziladi. Festival mehmonlari va sayohatchilarga dasturda – ko‘plab kechalar, kechki ovqatlar, kokteyllar, tushliklar tashkiletiladi. An’anaviy “Ovqat shinavandalari” festivali yakunlanadi.