SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223242527
28      
Ispaniyaning Salamanka shahrida Buqalar karnavali - milliy bayrami
0000-02-23

Ispaniya davlatining Salamanka shahri yaqinida, atigi yarim soatlarcha yo‘l yurilganda, Syudad -  Rodrigo shaharchasida, Portugaliya bilan chegara yonida, Ispaniyaning eng qadimiy karnavallaridan biri - «Carnaval del toro»  - buqalar karnavali har yili o‘tkaziladi. Bu shaharning eng katta bayrami bo‘lib, unda duxovoy orkestrlarning, kostyumlar va juda ispancha bir narsa  - buqalarining uyg‘unligi bor. Bu uyg‘unlikning barchasi festivalni antiqa voqeaga aylantirishdir. Festivalda ishtirokchilar haqiqiy ispancha muhitni his qilishlari va ba’zi bir ta’sirli tomoshada ishtirok etishlari mumkin. Buqalarga bag‘ishlangan karnaval oldidan  bir hafta oldin mudrab yotgan shahar jonlanadi. Karnaval odatda oy  oxirida o‘tkazilib,kechki paytda shahar ko‘chalaridagi bayram va musiqa sadolari tantanadan  belgi  bo‘lib, uzoq vaqtgacha shaharni hayajonga soladi.Shaharning bosh maydonida  haqiqiy ispan buqalarini ko‘rish mumkin. Korrida - ispan milliy tomoshasi. Korrida davomida torerolar buqani yarqiragan lattalar bilan qo‘zg‘atadi, pikadorlar esa nayzalarni buqaga sanchib g‘azablantiradi. Asosiy ijrochisi - matadorning buqa bilan jang o‘yini , odatda buqaning o‘ldirilishi bilan tugallanadi. Karnaval paytida bir  necha kun korridalar o‘tkaziladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan