SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2022
YaDuSeChPaJuSh
     12
356789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Fransiyaning “Sezar” kinomukofoti taqdimoti ta'sis etilgan kun
1974-02-28

“Sezar” kinomukofoti – Yevropaning “Oskar” kinomukofotiga o‘xshash bo‘lib, Fransiyaning bosh kinomatografiya mukofoti hisoblanadi. “Sezar” – kino san’atidagi yutuqlar uchun eng mashhur kinomukofotlardan biridir. U Kinomatografiya san’ati va texnikasi Fransuz akademiyasi tomonidan ta’sis etilgan. Mukofotning g‘oyasini 1974 yilda prodyuser va Fransiya kinoakademiyasining birinchi prezidenti – Jorj Kravenn taklif qilgan. U bu mukofotning nomini o‘z do‘sti – skulptor, mashhur postmodirnist Sezar Baldagchini sharafiga qo‘yadi. Aynan u g‘oliblar taqdirlanadigan tilla suvi yuritilgan haykalchalar muallifidir. Birinchi marta milliy kinomukofot “Sezar” bilan taqdirlash 1976 yil 3 aprelda Parijda kongresslar saroyida o‘tkazilgan. Marosim mashhur fransuz aktyori Jan Gaben raisligida o‘tkazilgan. Birinchi mukofotlar 13 nominatsiya bo‘yicha taqsimlangan. Hozirgi kunda taqdirlash marosimi har yili fevral-mart oylarida o‘tkazilmoqda. 2002 yildan boshlab 3000 tomashabin joylashadigan Parij musiqali teatri “Shatle” sahnasida o‘tkazilmoqda. “Sezar” mukofoti 2 bosqichda o‘tkazilib, kinomatografiya san’ati Fransuz akademiyasi a’zolarining yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, 2 bosqichda fransuz va chet el filmlariga beriladi. Ovoz berish uchun varaqalar pochta orqali tarqatiladi va shu tariqa yig‘iladi. 1-bosqich davomida har bir nominatsiyalar bo‘yicha 5 tadan mukofotga davogarlar belgilanib, II – bosqichda esa g‘oliblar aniqlanadi. Hozirgi kunda nominatsiyalar ro‘yxati 21 ga yaqin.  Eng avvalo har 10 yilda eng yaxshi fransuz filmi uchun “Sezarlar Sezari” oliy mukofotini berish taxmin qilingan edi. 1985 yilda “Eski miltiq” filmi uchun rejissyor – Rober Enriko shu mukofotni olgan. Biroq, keyinchalik bu mukofot berilmadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan