SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4567910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Yerning eng baland cho‘qqisi Jomolunga zabt etilgan kun
1953-05-29

1953 yil 29 mayda Yangizelandiyalik Edmund Xillari va Norvegiyalik Tansing bilan dengiz sathidan 8848 yuqori bo‘lgan jahondagi eng baland Ximolay va Djomolunga (Sakarmatxa, Everest) cho‘qqilarini zabt etishdi. Jomolungani Tibet aholisi - “Jahon ona ma'budasi” deb atashadi. Nepallar esa uni Sagarmatxa- “Jahon xukmdori” deb atashadi. Bir asr muqaddam bu balandlik topograflarning e'tiborini o‘ziga tortgan. Ulardan biri Djordj Everest bo‘lib, bu cho‘qqiga geografik xizmatlari uchun uning nomi berilgan. Everest tog‘iga chiqishning birinchi rejasi 1893yilda ishlab chiqildi va cho‘qqini zabt etish uchun 1921yilda birinchi bo‘lib urinib ko‘rildi. Everest cho‘qqisiga chiqishda 13 martda muvaffaqiyatsizlikka uchralib, 30 yil ketdi. 1953 yil 29 mayda Xillari bilan Tensing Nepal va Hindiston chegarasidagi Ximolay tog‘ining eng baland cho‘qqisini zabt etishib, Buyukbritaniya, Nepal, Hindiston va BMT bayroqlarini o‘rnatishdi. Bu yangilik dunyoning boshqa shaharlariga 4 kundan so‘ng 1953 yil 2 iyunda Buyukbritaniya qirolichasi Yelizaveta II ga toj kiydirish marosimi kuniga yetib bordi. Britaniya qirolichasi Xillariga ritsarlik unvonini berib, ismiga “Ser” titulini qo‘shib aytish huquqini berdi. Sherp Tensing Norgey esa Britaniya fuqarosi bo‘lmagani uchun qirolicha uni medal bilan taqdirladi. Edmund Xillari hayotining ko‘p qismini Nepalda xizmat qilib o‘tkazdi. 2003 yilda jaxon Everestni zabt etilgan kunini 50 yilligini nishonlanayotgan kunda Edmund Xillarini Nepal fuqarosi yuksak unvoni bilan taqdirladi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan