SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Toshkentdagi Xalqaro Olimpiya shon–shuhrati muzeyi ochilgan kun
1996-09-01

1996 yil 1 sentyabr – Toshkentda Xalqaro Olimpiya shon – shuhrati muzeyi ochildi. Olimpiya shon – shuhrati muzeyi (Rashidov ko’chasi, 4 a-uy) – O’zbekistonda olimpiada harakati va sport yutuqlarini targ’ib qiluvchi markaz. 1996 yil 1 sentyabrda Toshkentda ochilgan. Osiyo qit’asida birinchi tashkil qilingan olimpiya muzeyi. Ochilishida Xalqaro Olimpiada qo’mitasining o’sha davrdagi Prezidenti X.A. Samaranch ishtirok etgan. Muzeyning vazifasi: olimpiya g’oyalarini targ’ib qilish bilan birga respublikada jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o’yinlarini yuksaltirish, shuningdek, O’zbekiston sportchilarining jahon miqyosidagi nufuzini mustahkamlash ishiga ko’maklashish. Muzeyda 11 mingdan ziyod eksponatlar: turli buyumlar, ashyolar, rasmlar, yorliqlar va musobaqalarning g’oliblariga berilgan kuboklar, medallar, nishonlar mavjud. Ular AQSh, Ispaniya, Shveytsariya va boshqa xorijiy davlatlardan olib kelingan. Muzeyning 1-qavatida noyob eksponatlar joylashtirilgan. Prezident Islom Karimovning muzeyga sovg’alari ham bor. Bular olimpiya harakatini rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun O’zbekiston Prezidentiga Xalqaro Olimpiada qo’mitasi Prezidenti topshirgan Olimpiada oltin ordeni, Milliy Olimpiya Qo’mitalari Assotsiatsiyasining oltin ordeni, Osiyo Olimpiya Kengashining oltin ordeni, Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasining “Oltin marjoni”dir. Shuningdek, olimpiada o’yinlari vaqtida tayyorlangan turli medallar va nishonlar bor. Muzeyning 2-qavatida Olimpiada o’yinlari o’tkazilgan yillar xronologik tarzda berilgan bo’lib, ularda ishtirok etgan o’zbekistonlik sportchilarning kiyimlari, asbob-anjomlari, suratlari, mukofotlari bilan tanishish mumkun. O’zbekiston mustaqilligi yillarida sportchilarimizning jahon birinchiliklari, Osiyo, Markaziy Osiyo o’yinlari, Toshkent va xorijiy mamlakatlarda o’tkazilgan turli xalqaro turnirlarda erishgan yutuqlari, qo’lga kiritgan sovrinlari muzey eksponatlarining asosini tashkil etadi. Amaldagi ekspozitsiyalar muntazam yangi eksponatlar bilan to’ldirib turiladi. Muzey videokassetasi tasmalariga eng qiziqarli musobaqalar tasviri yozilgan. Muzeyda O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixiga oid hujjatlar fondi yaratilgan. Muhim sport tadbirlari ham o’tkazib turiladi.

Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan