SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Toshkentdagi “Foton” aksiyadorlik birlashmasida “SONY” rangli televizorlari ishlab chiqarila boshlangan
1997-09-25

1997 yil 25 sentyabr - Toshkentdagi “Foton” aksiyadorlik birlashmasida “SONY” rangli televizorlari ishlab chiqarila boshlandi. “Foton” (Amir Temur shohko’chasi, 13) – “O’zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxona, OAJ. Radioelektronika asbob – uskunalari va turli radioelektronika mahsulotlari ishlab chiqarishda qo’llanadigan elektron texnika yarim o’tkazgichli asboblar, televizorlar, xotirali kassa apparatlari va boshqa xalq istemoli tovarlari ishlab chiqaradi. Korxona 1942 yilda tashkil etilgan. 1966 yildan elektron texnika zavodi deb nomlangan. 1976 yilda korxona va uning filiallari negizida “Foton ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Korxona OAJga aylantirilgach (1995), ishlab chiqarish yo’nalishlari qayta tashkil qilindi. 1999 yildan Yaponiya (Sony) firmalari bilan hamkorlikda oq-qora va rangli televizorlar ishlab chiqaradi. 2007 yilda korxonada yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3,9 mlrd. so’mni tashkil etdi. 1,9 mln dollar miqdoriga teng mahsulotlar eksport qilindi. Korxona o’z mahsulotlari bilan muntazam ravishda xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etib keladi. Korxonaning Tuyabo’g’iz suv ombori hududi yaqinida dam olish maskani va Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Mash’al” bolalar sog’lomlashtirish oromgohi bor.

Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan