
Azimov Asad Vahobovich (1927.6.10, Andijon –
1995.23.11, Toshkent) – opera xonandasi (lirik tenor). O’zbekiston xalq artisti
(1978). Abduvahob Azimovning o’g’li. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1953).
Muqimiy teatri (1941-43), Uyg’ur musiqali drama teatri (1943-46), Andijon
teatri (1946-47)da artist. Navoiy teatri solisti (1953-85). 1966-70 yillar
Toshkent konservatoriyasi, 1960-66 va
yana 1970 yildan Toshkent san’at instituti vakal kafedrasida o’qituvchi,
kafedra mudiri (1975-86). O’zbek, rus va G’arbiy Yevropa kompozitorlarining
operalarida 50 ga yaqin asosiy partiyalarni (ba’zilarini O’zbekistonda ilk
marotaba) ijro etgan: Tohir (T. Jalilov, B.Brovsin, “Tohir va Zuhra”), Furqat
(M.Ashrafiy, “Shoir qalbi”), Yo’lchi (R.Hamroyev, “Zulmatdan ziyo”), Nodir
(J.Bize, “Marvarid qidiruvchilar”). Ovozi nozik, lirik talqin ustasi. Konsert
repertuarida o’zbek,tojik, rus va boshqa xalqlar qo’shiqlari bor.