SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819212223
24252627282930
Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida Markaziy Osiyo o’yinlarining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tgan kun
1995-09-02

1995 yil 2 sentyabr – Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida Markaziy Osiyo o’yinlarining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. “Paxtakor” (O’zbekiston ko’chasi, 98 a-uy) – futbol klubi. 1956 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. “Paxtakor” 1992 yildan O’zbekiston birinchiligida qatnashadi. 8 marta mamlakat chempioni (1992,1998, 2002-2007), 3 marta mamlakat vitse-chempioni (1993, 2001, 2008), 9 marta O’zbekiston kubogi sohibi (1993, 1997, 2001-2007), Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi va Boltiqbo’yi mamlakatlari chempionlari kubogi musobaqasi g’olibi (2007), ushbu turnir finalchisi (2008). Osiyoning eng yaxshi klubi (2002). Osiyo chempionlar ligasi yarim finalchisi (2003, 2004). Jamoaning turli yillardagi muvaffaqiyatlari A.Azizxo’jayev, B.Abduraimov, G.Krasniskiy, H. Rahmatullayev, A.Yakubik, Yu.Pshenichnikov, I.Tazetdinov, T.Isoqov, S.Dosenko, A.Inoyatov, O.Ashirov, G.Denisov, I.Shkvirin, V. Fyodorov, M.An, M.Qosimov va boshqa futbolchilar nomi bilan bog’liq. Bosh murabbiyi Viktor Jalilov (2008 yildan). Klub tarkibida Zayniddin Tojiyev, Odil Ahmedov, Asror Aliqulov, Islom Inomov, Aleksandr Geynrix kabi mahoratli futbolchilar o’ynaydi. “Paxtakor” futbol klubi qoshida “Paxtakor” futbol akademiyasi faoliyat ko’rsatadi (2002 yildan). Jamoa Toshkentdagi o’yinlarini, asosan, “Paxtakor” stadionida, o’quv mashg’ulotlarini Qibray bazasi (katta va kichik stadion, qishki yopiq manej)da o’tkazadi.

Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan