SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Mirzo Ulug'bek tumanidagi "Oqqo'rg'on" kochasi tashkil topgan kun
1994-08-22

Oqqo’rg’on ko’chasi -Mirzo Ulug’bek tumanining “Darxon”, “Hamid olimjon” va “Oqqo’rg’on” mahalallari hududida. Mustaqillik ko’chasi bilan "Mudofaachilar" ko’chasi oralig’ida joylashgan. Uzunligi  1,5 km atrofida 20-asrning 2 yarmida tashkil topgan. Dastlab 1959 yil Novomoskovskiy nomi berilgan. 1994 yil 22 avgustdan Oqqo’rg’on nomi bilan yuritiladi. Tarkibida 6 ta tor ko’cha bor. Yo’nalishida  “Yoshlik" sport majmuasi, jismoniy tarbiya instituti, Hindiston Respublikasining elchixonasi, oilaviy poliklinika, notarial idoralar, savdo shoxobchalari, dorixona, firmalar, aviakassa va ko’p qavatli turar joy binolari joylashgan. Osiyo va Beshog’aynilar ko’chalari bilan tutashgan. Yaqinida Mirzo Ulug’bek tuman hokimyati, Latviya, Jazoir va Afg'onistonning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonalari, Toshkent observatoriyasi, “O’zmashservis”, Pushkin maydoni va “Pushkin” metro bekati, 99-142-maktablar, 153-447- bog’chalar, mahalla idorasi joylashgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan