SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728
Xitoyda Oyning Chjunsyu hosil bayrami.
0000-09-15

Xitoyda Oyning Chjunsyu hosil bayrami.

                Oyning hosil bayrami har yili Xitoyda oy kalendari bo’yicha 8-oyning 15 kunida nishonlanadi. Qadimda xitoy tilida Chjunsyu so’zi kuzning o’rtasi degan ma’noni anglatgani uchun bu bayram kuz faslida nishonlanadigan bo’ldi. Bayram Tan sulolasi davrida paydo bo’lib, xitoy kalendarida muhim o’rin tutadi. Kalendar bo’yicha ushbu kun Oyni tomosha qilib yaratganga iltijo qaladigan kun hisoblanadi. Bayram 3 kungacha davom etadi. Kassiya o’simligining gullashi Oy yog’dusini yanada uyg’unlashtiradi.    Xitoyliklar urf-odatiga ko’ra bayram kuni ular shirin kulchalar, shirinliklar tanovul qilib, to’lishgan oyning yorug’ida she’rlar o’qishadi.  

                 Undan shirin kulchalar pishirib, uni oy nonlari deb atashgan. Oy nonlari qadimda xitoy aholisini mug’ul bosqinchilariga qarshi kurashishda ishlatilgan.  Kulchalarga yozilgan xatlar qo’zg’olon ko’tarishga sabab bo’lgan va bosqinchilar tomonidan beayov jazolangan. Bunday kulchalar lopos urug’idan va maydalangan kunjutdan tayyorlangan. Shu kunni har bir inson o’z yaqinlari bilan birga o’tkazadi. Hamma joyda turli rangdagi fonuslar yoqilgan, kechqurun yosh onalar farzandlari bilan dala va saylgohlarga borib ularni tomosha qilishadi. Shu kuni bolalarga kech uxlashga ruxsat etiladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan