SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222425
2627282930  
Xalqaro astrologiya kuni
0000-03-21

Astrolog – olimlar va tashabbuskorlar tomonidan xar yili 21 mart kunlari Xalqaro astrologiya kuni, Bahorgi teng kunlikda o'tkaziladi. Bu kundan yangi astrologiya yili, quyosh Qo'y (Oven) burjiga kirganda boshlanadi. Shimoliy yarim sharida Bahorgi teng kunlik, Janubiy yarim sharida Kuzgi teng kunlikka to'g'ri keladi. Astrologiya ayrim kishilar va xalqlar taqdirini osmon yoritqichlarining vaziyatlariga qarab aytish bilan shug'ullanadigan ta'limot (Ilmi nujum, Munajjimlik). Astrologiya qadimdan paydo bo'lib, yulduzlarga sig'inish va yulduzlarga oid afsonalar bilan chambarchas bog'langan. Astrologiya Rim imperiyasida keng tarqalgan (Birinchi goroskoplar miloddan avval 1-2 asrda paydo bo'ldi). Bugungi kunda astrologiyaga qiziqish kundan-kunga ommaviylashib bormoqda. Ayniqsa, biznesmen, siyosatchilar munajjimlar bashoratiga xaddan tashqari ahamiyat bera boshlashdi. Psixologlar fikriga ko'ra, o'ziga ishonmagan insonlar munajjimlar bashorati bilan ish yuritishadi. Ammo, juda ko'p odam astrolog bashoratiga murojaat qiladilar. Munajjimlik (arab tilida), astrologiya - ayrim kishilar va xalqlarning takdirini osmon yoritqichlarining vaziyatlariga qarab bashorat qilish (fol ochish) bilan shug'ullanadigan ta'limot, kasb (Ilmi nujum). Munajjimlar bilan shug'ullanuvchi shaxslar munajjim deb atalgan. Abu Rayxrn Beruniy astronomiyaga oid «al-Qonun al-Mas'udiy» («Ma'sud qonuni») asarida munajjim atamasini ko'proq falakshunos (astronom) ma'nosida qo'llaydi. U munajjimlarni folbinlar deb ataydi. Qadimda muhim voqealar, urushlarni boshlash munajjimlarning bashoratlari bilan amalga oshirilgan.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan