SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2022
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
293031    
Ashxobod zilzilasi
1948-10-06

Ashxobod zilzilasi – 1948 yil 6 oktyabr – mahalliy vaqt bilan kechasi soat 1dan 12 minut o’tganda bo’lgan kuchli zilzila. Zilzila epitsentri Ashxobod shahridan janubiy-g’arbda, Qurug’ovdonda, 10-15 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi (M-7,0) epitsentrda 10 balgacha yetdi. 1000 km2ga yaqin maydon 9 ball kuch bilan silkindi. Zilzilaning epitsentral zonasi (37,80 shimoliy kenglik va 58,60  sharqiy uzunlik). Buzmayin- Ashxobod- Qurug’ovdon chizig’i bo’ylab Kopetdog’ tog’larining shimoli etagida shimoliy-g’arbdan janubiy-sharqqa yo’nalgan. Zilzila natijasida Ashxobod va uning atrofidagi qishloqlar vayron bo’ldi. Ko’p yerlarda yoriqlar, qum aralash butana suv fontanlari vujudga keldi, tog’larda ko’chkilar sodir bo’ldi, yer osti suvlarining miqdori o’zgardi. Yerning ustki qatlami vertikal yo’nalishda siljidi. Ashxoboddan g’arbda yer 33 sm ko’tarildi, sharqda esa 22 sm cho’kdi. Ashxobod shu ko’tarilgan va cho’kkan zonalarning tutashgan yerida joylashgan bo’lganligi uchun bu yerda yer 70 sm dan 178 sm gacha gorizontal yo’nalishda siljidi. Zilzila vaqtida vertikal (tik) silkinishlar bo’lsa ham. Lekin asosiy falokat janubiy-sharqdan shimoliy-g’arbga yo’nalgan gorizontal tebranishlar natijasida ro’y berdi. Asosiy zilziladan so’ng bir necha oy mobaynida qayta silkinishlar (aftershok) qayta tiklandi va zamonaviy, obod shaharlardan biriga aylandi. 

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan