SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141517181920
21222324252627
28293031   
Xalqaro go‘sht iste'mol qilmaslik kuni
1985-03-20

1985 yildan ko‘p mamlakatlarda Xalqaro go‘sht iste'mol qilmaslik kuni (International Day Without Meat) nishonlanadi. Ushbu kunda do‘konlar  va restoranlar go‘sht savdosidan kechadilar, go‘sht tanovul qilmaydigan faollar vegetariantlikni, xayvonlarga rahmli bo‘lish, atrof muhitni  himoyasi    g‘oyalarini   targ‘ib qiladilar. Ayrim  mamlakatlarda bayram davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, masalan, Shri-Lankada hokimiyat vakillari supermarket  egalariga go‘sht mahsulotlaridan o‘zini qat'iy tiyishni maslaxat qiladilar. Rossiyada  bu kun 2012 yili nishonlangan. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, xar yili yegulikda ishlatish maqsadida insonlar tomonidan 60 milliard xayvonlar (baliqlar,  molyusklar, bo‘g‘imoyoqlilardan tashqari) o‘ldiriladi. Shu damda, dunyoda milliardga yaqin insonlar  ocharchilik va toza ichimlik suvi yetishmovchiligidan  azoblanadilar, vegeterian ovqatga otish shu muammolarni bartaraf qiladi. Bir kg go‘sht yetiltirish uchun 10 kg don va 15 litr suv kerak bo‘ladi. Dunyo miq'yosida bunga kerak bo‘lgan yer maydonida ochdan o‘layotgan odamlar uchun qanchadan-qancha don yetishtirsa bo‘lar edi. Bundan tashqari, yangi yaylovlar yaratish maqsadida o‘rmonlarni  qirib tashlanishi,  yem-xashak  ekinlarida ishlatilgan yerlar bitishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida sayyoramiz biosferasiga ta'sir ko‘rsatmay qolmaydi. Dunyoda yana shunga o‘xshash ikkita bayram bor: 1 oktyabr - Butun jahon vegetarianlik kuni, 1 noyabr - “Vegan jamiyati” tashkil etilgan kunda   Xalqaro vegan kuni nishonlanishi. Ammo, vegetarian mahsulotlarni iste'mol qilganda, oziqlanish balansli bo‘lib, organizmda  oqsil miqdori kamayib ketmasligiga e'tiborli bo‘lish zarur.  Sog‘lom bo‘ling, to‘laqonli ovqatlaning!


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan