SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930    
Butunjahon mushuklar kuni
0000-03-01

Mushuklarga bo‘lgan mehr-muhabbat shunchalik kuchli bo‘lgani tufayli, mushuk  egalari o‘z tarbiyalanuvchilarga mahsus bayram  o‘ylab chiqdilar. Xar yili 1 mart kuni dunyoning ko‘p mamlakatlarida, millionlab odamlar birlashgan, Butun jaxon mushuklar kuni nishonlanadi. Bayram nishonlash an'anasi tasodifiy tayinlanib, Butunjahon mushuklar kuni rasmiy tasdiqlanmagan, ammo yaxshi ko‘rgan hayvonlarni qutlash taqiqlanmagan. Mushuklar azaldan eng ommaviy uy hayvoni bo‘lgan: Yer aholisining 80 % uy hayvonlarini  saqlaydilar, shularning yarmidan ko‘prog‘i mushukni afzal biladilar, bu esa  bayramni ommaviylashganligini isbotlaydi. Butunjahon mushuklar kuni qanday nishonlanadi? Xar bir davlatda bu bayram turlicha o‘tkaziladi. Butun Yevropada, xususan, Buyuk Britaniyada mushuklarni ko‘proq siylaydilar. Voajab, Angliyada 1 mushuk  xar yili kamida 10 tonna donni saqlab qoladi, bir necha o‘nlab hayvonlar Britaniya muzeyining yodgorliklarini sichqonlardan  asraydilar. “Davlat xizmatida” bo‘lgan mushuk, hayvonlar  Butunjahon mushuklar kunida  mushuk delikateslari bilan mukofotlanadilar. Bundan tashqari, ular uchun maxsus “forma”lar  tikib,  qulay uychalar quradilar. Avstriyada, Butunjahon mushuklar kunida maxsus mukofot ta'sis etilib, u ko‘plab yillar mobaynida sichqonlardan omborlarni himoya qilgan mushuklar uchun nafaqa belgilangan. Ular  sut, sho‘rva, go‘sht  bilan ta'minlanganlar. Xitoyda, 1 mart Butunjahon mushuklar kuni xamma joyda nishonlanmaydi, lekin xitoyliklar bu hayvonlarni qonun miqyosida  alohida ximoyaga  olganlar. Ilgari mushuklar  tanavvul  qilingan, xozir, bunday insonlarga jarima solinadi. Ko‘plab mamlakatlarda mushuklar uchun  bog‘lar, maxsus do‘konlar ochilgan, maxsus o‘yinchoqlar ishlangan, vaqtinchalik mushuklarni joylash uchun “mushuklarning” mehmonxonalari va yemakxonalari yaratilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan