SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
11 sentyabr – Enkutatash - Efiopiya xalqining yangi yil bayrami.
09-11

11 sentyabr – Enkutatash - Efiopiya xalqining yangi yil bayrami.

             Efiopiyada yangi yil 11 sentyabrda nishonlanadi. Hozirgi kunda Efiopiya 7 yil  va    8 oyga biznikidan orqada qoladi. Enkutatash so’zining ma’nosi – qimmatbaho buyumlar ulashish deganidir. Rivoyatga ko’ra, Yangi yil bayrami Qirolicha Sovskaya tomonidan tasdiqlangan. Ierusalim qirol Solomondan qirolicha       qaytishini eshitib xursand bo’lgan, qo’l ostidagilari qirolichani   qimmatbaho buyumlar bilan qarshi olishgan. Qirolicha qaytishi Efiopiyada yangi davr boshlanishiga sabab bo’lgan. Gondar shtatidagi Gaynt shahrida bayram munosabati bilan 14 asrda qurilgan Kostele Yoxannes cherkovida rohiblar gimnlar, diniy qo’shiqlar kuylashadi va  katta tadbirlar o’tkazishadi.  Enkutatash Addis - Abebadan yiroqda bo’lmagan Entoto cherkovida keng nishonlanadi. Odatda bayram 10 sentyabr kechqurundan nishonlash boshlanadi. Efiopiyaliklar evkoment va archa shoxlarini gulxan qilib yoqishadi. Eng katta gulxan Addis – Abeba bosh maydonidan boshlanadi. Hamma olovga ishonch va umid bilan qarab quvonishadi. Gulxan asosi qilib katta daraxt yoqiladi. Maydonga yig’ilgan aholi yonayotgan daraxtning qaysi tarafga tushishini kuzatadilar. Daraxt qaysi tarafga yiqilsa o’sha tarafda hosil mo’l –ko’l bo’ladi deb odamlar ishonishadi. Ertalab odamlar milliy kiyimlarini kiyib cherkovga borishadi.Cherkovdan so’ng ular o’z uylariga bayram dasturxoniga shoshilishadi.

            Lekin Enkutatash nafaqat diniy bayram balki yomg’irli faslning oxiri va bahor kelishidan darak beruvchidir. Bu kunda bolalar rangli liboslar kiyib, gulchambar yasab hammaga ulashadilar. Qizlar xonadonlarga borib qo’shiqlar aytib sovg’alar olishadi, o’g’il bolalar esa o’zlari chizgan suratlar kartinasini sotishadi. Hamma kechqurun yoru birodarlarini yuqlab boradilar. Kattalar dasturxon atrofida  kelasi yil bo’ladigan ishlarni muhokama qiladilar. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan