SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi Mannaf Mirzamahmudov tavallud topgan kun
1920-09-20

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi Mannaf Mirzamahmudov

                  Mirzamahmudov Mannaf Atamatovich (1920.20.9, Toshkent- 2002.26.4 ) –pediatr O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari doktori (1976), professor (1977). ToshTI ni tugatgach (1943), shu institut bolalar kasаlliklari kafedrasida assistent, dotsent (1950-54), ayni vaqtda ToshTI bolalar klinikasida bosh shifokor. SamTI rektori (1955-60), Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti direktori (1960-63), bolalar kasalliklari kafedrasi dotsenti (1963-65), Pediatriya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1966-76), ToshTI (1976-90) va 2- ToshTI bolalar kafedrasi mudiri (1990-97), 1997 yildan shu kafedrada konsul’tant. Asosiy ilmiy ishlari O'zbekiston sharoitida bolalarda uchraydigan o'tkir va surunkali kasalliklarni kelib chiqishi, tarqalishi, patogenezi va boshqa masalalarga oid. 1- darajali “Sog'lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan (1994).

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O'zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan