AQShda 19 yanvar kuni afsonaviy qo‘shin
boshlig‘i Robert Edvard Lining tavallud kunini nishonlaydilar, faqatgina
Missisipi va Alabama shtatlaridagina bayram yanvar oyining uchinchi dushanba
kuniga ko‘chirilgan. Robert Edvard Li (19.01.1807-12.10.1870) - 19 asr Amerikaning mashhur qo‘shin boshliqlaridan
biri, 1861-65 yillardagi fuqarolik urushida
qatnashgan va janubiy -konfederatlar qo‘shiniga bosh bo‘lgan. Fuqarolik
urushi paytida qo‘mondon Li uchun g‘alabalar
va mag‘lubiyatlar ham bo‘lgan. Sanoat bazasi va to‘liq ta’minlangan
qo‘shinga ega bo‘lmasdan turib, Robert
Li fuqarolik urushida dushman shimollik
qo‘shinlariga jiddiy mag‘lubiyat yetkazishga muvaffaq bo‘lgan. Robert Edvard Li 1807 yil 18 yanvarda Stredfordda
(Virdjiniya shtati)da tug‘ilgan. Robert oilada to‘rtinchi farzand bo‘lgan.
Oilasidagi moliyaviy qiyinchiliklar sababli Li
harbiy karerani tanlashga majbur bo‘lgan va u Vest-Poynta tahsil olgan.
Bir necha yillardan keyin, Robert Harbiy Akademiyada dars berishni boshlagan.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha,
Akademiyada u fuqarolik urushidagi o‘z dushmanlarini o‘qitgan ekan. Jangda
shimolliklar g‘alaba qozonganlar, ammo g‘alaba qilgan tomon Robert Liga
nisbatan samimiyat ila qarashgan.