SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 23456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
AQSh Prezidenti Eyzenxauer dunyo bo‘yicha televidenie orqali birinchi press-konferensiyasini o‘tkazdi.
1955-01-19

1955 yil 19 yanvar – AQSh Prezidenti Eyzenxauer dunyo bo‘yicha televidenie orqali birinchi press-konferensiyasini o‘tkazdi.

 1955 yil 19 yanvarda Oq uydagi  Eyzenxauerning press-konferensiyasi har qanday mamlakat prezidenti uchun ommaviy axborot vositalari bilan aloqada bo‘lish katta ahamiyatga ega, chunki davlatni boshqarish uchun xalq uni tushinishi kerak. Matbuotga nisbatan norozilikka qaramasdan, davlat boshqaruvchilari tezda shunday bir qarorga kelishadiki, yangilik tarqatuvchi tashkilotlar prezident  boshqaruvining muhim tuzumi hisoblanadi. Xalq prezident nima bilan band va uning rejalarini bilishni istaydi. Yangilik tarqatuvchi tashkilotlar xalqqa ma’lumotni taqdim etishadi. Amerika prezidentlari matbuot vakillarining savollariga 1913 yildagi press-konferensiyada javob bergan bo‘lsalarda, avvaldan bunga o‘xshash tadbirlar “matbuot uchun emas” deb hisoblangan. 1955 yil 19 yanvardan AQSh prezidenti Duayt Eyzenxauer Oq uyda shunga o‘xshash press-konferensiya o‘tkazganidan keyin, bunday  tadbirlar “matbuot uchun” deb hisoblangan va televidenie uchun ochiq bo‘lgan. Aynan shu kuni u birinchi marotaba televidenie va yangilik tarqatuvchi kino jurnallarda tasvirga olingan press-konferensiyani namoyish etishga ruxsat etadi. “Men yozib olingan tasmani radio, televidenie va kinoxronikaga jo‘natganimdan xursandman. G‘arazgo‘y gazetachilarning qarashlaridan farqli, biz halq bilan birga yuramiz, haqiqatni noto‘g‘ri talqin  qilayotgan nashrlarni o‘qimasdan, insonlar prezident Eyzenxauer so‘zlarini anig‘ini eshita oladi,”, - deb prezident matbuot-kotibi Djeyms Xagerti ma’lum qilgan. 33 daqiqali press-konferensiya televideniya xodimlari tomonidan montaj natijasida 28 daqiqaga qisqardi. Aynan shudan keyin mashhur ibora kelib chiqqan: “Baribir keyin kesib tashlashadi...”.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan