2014 yil 21 yanvar
kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil qilinganiga 20 yil to‘ldi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi 1992-yil 21-yanvarda
tashkil etilgan bo‘lib, 20 yildirki, mamlakatimizdagi Olimpiya faoliyati va
sportni rivojlantirish borasida faol ishlar olib bormoqda.1993-yil sentabrda Milliy Olimpiya qo‘mitasining Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi
tomonidan e’tirof qilinishi O‘zbekiston sportchilariga
Olimpiada o‘yinlarida qatnashish imkoniyatini berdi.O‘zbek
sportchilarining ilk ishtiroki Lillexamerdagi XVII qishki Olimpiada
o‘yinlarida (1994-yil) va Atlantadagi XVI yozgi
Olimpiada o‘yinlarida (1996yil) bo‘lib o‘tgan.Shundan beri, O‘zbekiston sporti
vakillari barcha Olimpiada o‘yinlarida faol qatnashmoqda. Har bir Olimpiada musobaqasida sport
tarixida abadiy muhrlanib qoladigan yangi chempion va sovrindorlar
nomlari kashf qilinmoqda.O‘tgan vaqt mobaynida o‘zbekistonliklar Olimpiada
o‘yinlarida 5ta oltin, 5ta kumush va 8ta bronza medalni qo‘lga
kiritdilar.O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportni
va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,
Olimpiadaga oid ta’lim, Olimpiya qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash
ishlariga ulkan hissa qo‘shmoqda, sport murabbiylari va sport
tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Osiyo
Olimpiya Kengashi, Milliy Olimpiya qo‘mitalari jamiyati va boshqa qator xalqaro sport
federatsiyalari hamda tashkilotlari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari
o‘rnatilgan.