SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920222324
25262728293031
Fransiyada marvaridgullar (landish) kuni
1561-05-01

Fransiyada marvaridgul baxt va sog’liq keltiradi deyishadi. U bahor oyida gullaydi. O’zining yaxshi ko’rgan insoniga bu gulni sovg’a qilish XVI asrdan beri an'anaga aylanib qolgan.1561 yil 1mayda qirol Karl IX saroyidagi barcha xonimlarga marvaridgul sovg’a qilib bu an'anani ta'sis etdi. Bu bayram mehnat bayrami bilan ham bog’liq. Har yili 1 mayda chiroyli marvaridgullarini qidirib topishga harakat qilishadi. Kimdir uni o’rmonlardan, yana kimlardir shahar  gul do’konlaridan sotib olishadi. Fransuzlar marvaridgullarini asosan Nantaning tevarak  atrofida yetishtiradilar. Gullarni ozroq miqdorda Bordoga yaqin joylarga ham ekishadi. Odatda marvaridgullari har doim 1 mayda gullaydi, lekin sal oldin yoki keyinroq ham gullashi mumkin. Shuning uchun marvaridgullarini yetishtiruvchilar gullarni o’z vaqtida ochilishi uchun barcha usullarini  ustalik bilan qo’llaydilar. Ammo har doim ham ishlari muvafaqiyat bilan tugamaydi: misol uchun o’tgan yili gullarning yarmidan ko’pi muddatidan oldin gullab, bayramgacha so’lib qolgan. Marvaridgullarining xushbo’y isi odamni  hayratga soladi, zavqlantiradi, mast qiladi. Uning boshni aylantirish xususiyati, balki bir lahzaligidadir. Marvaridgul inson hayoti uchun zarar tomoni ham bor, agar uni bilmay turib yutb yuborilsa o’limga olib kelishi mumkin. Ammo bu guldan tayyorlangan pardoz-andoz buyumlari juda ajoyib. Taniqli Edmon Rudnitskiy tomonidan yaratilgan “Diorissito”, ”Christian Dior” parfyum atirlarining mashhurligi aynan marvaridgullari bilan bog’liq. Shunday ekan, shoshiling! Marvarid gullarini bir nechta dastasini sotib olib va sevimli insoningizga sovg’a qiling.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan