SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
Buyuk Britaniyada “May” bayrami
0000-05-02

To’la ishonch bilan aytish mumkinki, inglizlar may oyini yaxshi ko’rishadi. Aytarli 30 kundan bir kuni ham bayramsiz otmaydi. Pasxa, Rojdestvo va yangi yildan tashqari hamma bayramlar dushanba kuniga tog‘ri keladi. Mana shunday qilib inglizchasiga diplomatik ravishda “dushanba- ogir kun”idan xalos bolishdi. May bayramini inglizlar ko’chalarda tantanali namoyishlar va xalq sayillari bilan o’tkazadilar. Musiqachilar, yogoch oyoqlarda janglyorlar, xarchev maydoni atrofida ishlaydiganlar orta asrlar karnavali muhitini korsatib beradilar. Bu kuni rang-barang lentalarga o’ralgan may daraxtining atrofida raqsga tushadilar. Kopgina qishloqlarda yoshlar daraxtlarni kesib, qishloqni ortasiga May daraxti deb faraz qilib ornatishadi. Turli xil kattalar va kichkintoylarga moljallangan musobaqalar uyushtiriladi. Bu kuni May  qiroli va qirolichasi tanlanadi va ular tadbirni otkazilishiga rahbarlik qiladilar. Orta asrlarda shu kuni yosh qizlar shudring suvida yuvinishgan, bu esa ularni  yil boyicha gozalligini saqlashga yordam beradi deb oylashgan. Albatta milliy raqs va ashulalar ham aytilgan. Bayramda har doim kamondan oq uzish boyicha musobaqalar bolgan. Ammo May bayrami qachon boshlanganligi noma'lum.Uning tarixi haqidagi ayrim ma'lumotlargina oylatib qoladi. Avval festivalni galla-don hosildorligini muhofaza qilish uchun otkaziladigan mojizaviy diniy marosim deb qaralgan. Keyinchalik insonlarning baxti xursandchiligi, xuzur-halovatlarini aks ettiradi deb qaraladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan