SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Ingliz yozuvchisi Kristi Agata tavallud topgan kun
1891-09-15

“Men boylik orttirish maqsadida yozmayman, balki tuyg’ularimni qog’ozga tushiraman xolos”, deb yozgan edi Agata Kristi. Agata Kristi 1890 yil 15 sentyabrda Fred va Klara Miller oilasida dunyoga keldi. Qizchaga Agata Meri Klarissa deb ism qo’yishdi. Qizcha haddan ortiq uyatchan edi.  1901 yili oila boshiga baxtsizlik tushdi, Agataning otasi olamdan o’tdi. Shu bilan uning baxtli bolaligi ham o’z nihoyasiga yetdi. Onasi bu fojiani ko’tara olmay, odamlardan, jumladan, bolalaridan yashirinib xonasidan chiqmay qo’ydi. Katta opasi turmushga chiqib ketdi, akasi esa o’z xohishi bilan Hindistonga urushga jo’nadi. Oila moliyaviy muammoga duch keldi.  Ushanda yosh qizcha malika Margoning “Ustingga osmon qulab tushsa ham kulib tur” shioriga amal qildi. 11 yoshli Agata dorishunos yordamchisi bo’lib ishlay boshladi. U yerda zaharlar to’g’risida bilimlarni o’rgandi. Keyinchalik detektiv asarlar yoza boshlaganda bu bilimlar unga juda asqotdi. Mushkul vaziyatlarda unga kuch bag’ishlaydigan narsa-haqiqiy xonim bo’lishga intilish edi. “O’shanda men xonim bu- hashamdor kiyimlar kiygan emas, balki taqdir zarbasiga xotirjamlik va boshini qad ko’targan holda qabul qiladigan, kuchi yetgancha o’zi yaxshi ko’rgan insonlarga yordam beradigan, sabr-toqati qolmaganda ham nolimaydigan ayollar ekanini tushundim”, deb yozadi Agata. 1909 yili Agata Miller va yosh askar Redjinal’d  L’yusilar turmush qurishadi. Oradan ancha vaqt o’tgach Agataning birinchi detektivi “Staylzdagi sirli jinoyat” dunyoga keldi.  “O’z detektiv romanlarimga syujetni idish yuvayotgan paytda o’ylab topardim. Bu men uchun ahmoqona mashg’ulot bo’lgani bois, o’z-o’zidan qotillik to’g’risida xayol surardim”, degan edi suhbatlaridan birida yozuvchi. Agata yoshligidan boy xayoloti va tasavvuri bilan ajralib turardi, sirli narsalarni yoqtirardi. Noodatiy narsalar bo’lmasa o’zi to’qirdi. Opasi bilan o’yin o’ynaganda ham bu yaqqol bilinardi. Uning tasavvurida doim o’ylab topilgan obrazlar yashardi. Bolaligida-kuchuklar va mushuklar, keyinchalik o’ziga do’stlar o’ylab topardi. Agata ilmga qo’shgan hissasi tufayli unga dvoryanlik maqomi beriladi, endi Agata chinakam xonimga aylangan edi. Agata o’z ijodiy hayoti davomida 78ta detektiv roman hamda yuzdan ortiq hikoyalar yozdi va detektiv qirolichasi deb tan olindi. U o’z asarlarini o’ylab topmasdi, balki ular dunyosida yashardi. 68 yoshida uni detektiv janri yozuvchilari klubining prezidenti etib saylashadi. Va umrining oxirigacha shu lavozimda qoladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan