SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Yaponiyada Kingo Matsuri - baliq festivali kuni
0000-05-12

 Har yili 12 mayda Yaponiyada baliq festivali - Kingo Matsuri o’tkaziladi. Bu bayramni o’tkazilishi tabiiy, chunki baliq Yaponlarning asosiy ovqatlanish riatsioniga kiradi. Faqatgina Tokioning o’zida 10.000 dan ziyod maxsus baliq magazinlari bor. Baliq har doim yangi bo’lib, peshtaxtada bir kundan ortiq ushlanmaydi. Xaridorlarga qulay bo’lishi uchun baliqlar tozalanib, bo’laklarga bo’lingan holda sotiladi. Shuningdek sotuvchilar baliqdan tayyorlanadigan bir necha retseptlarni berishlari mumkin. Qadimda yaponlar baliqni birinchi  gulhanda pishirganlar. Arxeologik qazilmalarga qaraganda o’sha davrlarda yaponlar sharsimon zaharli fuga balig’ini iste'mol qilganlar, uning zahari jigari va ikrasida bo‘lishini bilganlar. Hozirda ham bu baliqdan tansiq va mazali ovqat tayyorlash uchun oshpazlar maxsus mutaxassislikni bitirgan bo‘lib, litseziyaga ega bo’lishlari kerak. 1886-1979 yillarda 12,5 ming odam fugadan zarar ko’rganlar, ulardan 7ming tasi esa halok bo’lganlar. Shunga qaramasdan har yili Yaponiyada 20ming tonna fuga iste'mol qilinadi. Yaponlarning baliqdan tayyorlagan ovqatlari yevropaliklar uchun aql bovar qilmaydi, chunki gap hom baliq haqida ketayapti. Yaponiyada bundan tashqari baliqni qaynatilganini soya sousida bulg’alab, ochiq olovda qizib turgan yog’da kolbasa, sosiska shaklida tayyorlashadi. Oshpazlar mahsulotni dastlabki ko’rinishini va ta'mini saqlab qolishga, baliq, sabzavot, mevalarni pishganda ham asl holatini yo’qotmaslikka harakat qilishadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan