SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2628293031 
21 sentyabr – Mal’ta Respublikasining Mustaqillik bayrami
1964-09-21

21 sentyabr – Mal’ta Respublikasining Mustaqillik bayrami.

                Mal’ta Respublikasi 1964 yilning 21 sentyabrida mustaqillikka erishdi. Milliy bayramlari: 21 sentyabr – Mustaqillik kuni, 13 dekabr – Respublika kuni, 8 sentyabr – G’alaba kuni. Mal’ta Respublikasi, poytaxti – Valetta, hududi – 396 km2. Aholisi – 517500 kishi (2012). Davlat tili – mal’ta va ingliz tili. Davlat dini – xristian dinining katolik mazhabi. Pul birligi yevro.

                Joylashuvi va tabiati. Yevropaning janubida, O’rta Yer dengizidagi Sisiliyaning janubidagi orollar (Mal’ta, Goso, Kominotto, Komino, Filfla) da joylashgan davlat. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 140km. Mamlakatning katta qismi ohaktosh yassitog’ligidan iborat. Qirg’oqlarida past qoyalar, ko’p sonli sohilbo’yi qiyaliklari mavjud. Mamlakat ko’p sonli ko’rfazlar va juda qulay bo’g’ozlarga ega. Tabiiy resurslarga boy emas (ohaktosh, osh tuzi). Ishlov beriladigan yerlar mamlakatning 38% hududini egallaydi. Iqlimi – O’rta Yer dengiziga xos: qishda namgarchilik, yozda issiq va quruq.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan