SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
1973 yil 24 sentyabr Gvineya-Bisau mustaqillikka erishgan kun
1973-09-24

1973 yil 24 sentyabr Gvineya-Bisau mustaqillikka erishgan kun.

                Gvineya-Bisau 1973 yilning 24 sentyabrida Portugaliya istibdodidan chiqib, o’z mustaqilligini e’lon qilgan.    Gvineya-Bisau Respublikasi, poytaxti-Bisau. Hududi – 36125 km2 . Aholisi – 1579600 kishi (2012). Davlat tili-portugal. Aholi turli xil mahalliy dinlarga (65%) e’tiqod qiladi. Musulmonlar 30 %, xristianlar 5 % ni tashkil etadi. Pul birligi- gvineya-bisau pesosi (afrika franki).   Afrika qit’asining shimoli-g’arbida joylashgan davlat. Sharq va janubda Gvineya (386 km) va shimolda Senegal (338 km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi – 724 km. G’arbda Atlantika okeani bilan tutashgan. 

                Iqlimi – subekvatorial. Mamlakatning sharqiy qismlari savanna o’rmonzorlari bilan qoplangan. O’rmonzorlarda to’ng’iz, qoplon, qo’tos va maymunlarning har xil turlarini uchratish mumkin. Botqoqlik va suvli hududlarda begemot va timsohlar mavjud. Inson hayoti uchun xavfli bo’lgan setse pashshasi va shunga o’xshash hasharotlar tufayli ba’zi hududlar yashashga yaroqsiz.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan