SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Xalqaro sochiqlar kuni
2001-05-25

Taqvim yana bir bayramga boyidi. 2001yildan beri 25 mayda  “Sochiq kuni” nishonlanadi va bu- g‘aroyib bayram mashhur britaniyalik yozuvchi, dramaturg va ssenariychi, ko‘plab kulgili fantastik asarlari, xususan “Yo‘lovchi mashinada Galaktika bo‘ylab” kitobi muallifi Duglas Adams xotirasiga bag‘ishlanadi. Bu kitob katta muvaffaqiyatga ega bo‘lgan va xatto 1984 yilda ingliz bestsellerlari ro‘yxatiga boshchilik qilgan. Nima uchun Sochiq kuni?  Chunki  Adams o‘z kitobining bitta bobini sochiqqa bag‘ishlagan, galaktikalararo sayyohatda eng kerakli narsa deb. “Sochiq kuni”da yozuvchi ijodini sevuvchilar hammaga ko‘rinadigan qilib o‘zlari bilan sochiq olib yuradilar, kitob haqida uni biladigan insonlar bilan  gaplashish uchun yoki kitobni o‘qimaganlarga gapirib berish uchun. Mana shunday qilib gohida yangi bayramlar paydo bo‘ladi. Aslida sochiq albatta o‘zining insonga tug’ilganidan so‘nggi yo’ligacha ko‘p asrlik qilgan xizmati bilan o‘z bayramiga loyiq. Sochiq adabiyotda ham ommaviy madaniyatda ham o‘z o‘rnini topgan. Bulgakovning  “Xo‘rozlari bor sochiq” hikoyasi bor, “Janubiy park” animatsiya serialining qahramoni esa Sochiqcha  - aqlli tirik sochiq bo‘lib qoldi. Ta'birnomalarda sochiqqa butun boshli boblar ajratilgan, u yerda sochiq yaxshi alomat belgisi bo‘lishi ham mumkin  yoki aksinchasi  ham bo‘lishi mumkin deyilgan. Sportda sochiq katta rol o‘ynaydi, unga na faqat dushdan keyin artiniladi, bokschilarni raundlar orasida yelpib terini artishadi. Stol tennisida shunday tushuncha bor  “sochiq olish”, demak   kichik tanaffus olish, yuz-qo‘lini va raketkasini artib olish ma'nosini bergan. Shunday qilib, sochiqqa ehtirom va huramat va uning sharafiga bo‘lgan bayramga ham.  Bu g‘aroyib va uncha mashhur bo‘lmagan bayram o‘ziga xos sovg‘a tuhfa qilishga sabab bo‘lishi mumkin. Sovg‘a uchun har qanday sochiqni tanlash mumkin: original sovg‘a o‘ramida yoki sovg‘a komplekti, yaxshi ko‘rgan inson uchun katta paxmoq sochiq yoki  oshxona sochig‘i... Sovg‘a uchun sochiqni bezatishning ko‘pgina usullari bor. Ularni turli shakllarda o‘rash mumkin, gullar yoki tort shaklida. Bir necha sochiqlardan yasalgan tortni na faqat “Sochiq kuni”da balki hovli to‘yiga yoki boshqa biror oilaviy bayramlarda tuhfa qilsa bo‘ladi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan