SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Xalqaro “Uy bekalari va uy beklari kuni”
2003-06-08

Bu ajoyib bayram rasmiy bo‘lmasada baribir uni mamnuniyat bilan nishonlashadi. Axir bu bayram barcha uyda o‘tirganlar va oilasi bilan shug‘ullanayotganlarga bag‘ishlangan. Bu esa o‘ziga hos ish, ish bo‘lgandayam yengil ishlardn emas. Anchayin qiyin ish. Uy bekasi va beki kasbi haqida batafsilroq ma'lumot:aslida bu katta mehnat- bolalarni tarbiyalash, xonalarni tozalash, kirlarni yuvish, ko’ylak va shimlarni dazmollash, shirin taom tayyorlash va bugungi ishni ertaga qoldirmaslik uchun hammasini tez bajarish kerak. Uy bekasisiz oilaviy saranjomlik va shinamlikni tasavvur qilish qiyin. Bu og‘ir ish, hamma narsaga ulgurish lozim va charchaganingni ko’rsatmaslikka harakat qilishing kerak. Bizning yaqin insonimiz biz uchun qulay sharoit va shinamlik yaratish, uyda hamma vaqt tinch-totuvlik va uyg’unlik, muhabbat va iliqlik bo‘lishi uchun butun kuchini beradi. Uy bekasi bo‘lish qanchalik qiyinligini ko‘pchilik bilmaydi. Ammo bir kungina uy ishlari bajarilmasa, yegulik tayyorlanmasa yaqinlarimiz uy bekasi mehnatining naqadar ahamiyatli ekanini his qilishadi. 2003 yilda  - uy yumushi bilan shug‘ullanadigan erkaklarning- birinchi uyushmasi tashkil etilgan edi. Bu Italiyada sodir bo‘ldi. Kimlar bu tashkilotga  a'zo bo‘ldilar? Assotsiatsiyaga uy- ro‘zg‘or yuritish ilmini egallashni istagan uylangan erkaklar a'zo bo‘lishdi. Bu jamiyatdagi erkaklar meva-sabzavotlarni bayram stoliga to‘g‘ri va chiroyli qilib to‘g‘rashni o‘rganishadi, ular bir birlari bilan turli xil shirin taomlar retseptlari bilan bo‘lishishadi, hamda o‘zaro qanday tozalash vositasini tanlash yaxshiligi haqida maslahatlashishadi. Ha, bu bo‘lishi mumkin emasdek ko‘rinadi, ammo bu haqiqat.. Bu kunni qanday nishonlashadi? Bu kunda siz haqingizda qayg‘uradigan, sizga mehr va iliqlik tuhfa beradigan, har kuni ovqat pishirib xonalarni tozalaydigan, uyda ozodalikni va tartibni saqlaydigan kishini yana bir bor tabriklashni unutmang. Bu odamlar sizni mehr muhabbat bilan quchib sizga hursandchilik, qulaylik va shinamlik sovg‘a qilishadi. Ular tufayli oilada uyg‘unlik hukm suradi va siz ishdan uyga shoshilasiz, chunki u yerda sizni sevishadi va kutishadi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan