SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
222324252627
28293031   
Parovoz ixtiro qilingan kun
1814-07-25

Ingliz ixtirochisi Stefenson Jorj birinchi bo‘lib bug‘ bilan ishlaydigan temir yo‘l trasportini rivojlanishiga asos soldi. U 1781yil 9 iyunda Nyukasl yaqinidagi Uaylem shaharida tug‘ilgan. 14 yoshidan boshlab otasining qo‘lida Dyuli  ko‘mir shaxtasida  gazning bosimini o‘lchovchi bo‘lib ishladi. Bo‘sh vaqtlarida o‘zining mexanikaga bo‘lgan qobiliyatini sinab ko‘rish uchun soatlarni ta'mirlab yurdi. 1812 yilda Killinguortskiy  tuz konida bosh mexanik bo‘lib ishladi. Uattada shahrida  bug‘ mashinasini konstruksiyasi bilan tanishib chiqib, 1813 yilda parovozni konstruksiyalashga kirishdi. 25 iyul 1814 yilda parovoz reysini sinab ko‘rdi va u muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Stefenson bug‘ qozonni qurilishini patentladi, shunindek  kon  lampasini ajoyib, havfsiz konstrksiyasini ham o‘ylab chiqdi. 1819-1822 yillarda Xetton koniga olib boruvchi 13 kilometrli temir yo‘l tarmog‘ini qurilishiga boshchilik qildi. 1823 yilda Nyukaslda birinchi parovoz ishlab chiqaruvchi zavodni qurishga asos soldi. 1825 yilda Stokton va Darlint oralig‘idagi temir yo‘llar uchun og‘irligi 8 tonna bo‘lgan, soatiga 26 km tezlik bilan yuruvchi parovoz qurib bitirdi. Keyinroq Liverpul-Manchester temir yo‘llarini qurilishiga boshchilik qildi. Bu loyihani homiylari eng yaxshi parovoz uchun 500 funt mukofot berish bilan konkurs e'lon qildilar. Stefenson o‘zininig “Raketa”parovozi bilan yutuqni qo‘lga kiritdi. U yana  Belgiya va Ispaniya yo‘llarini qurishlishida bosh injenerlik  vazifasini bajardi. 1847 yilda injener-mexaniklar Institutini tashkil etdi va boshqardi. Stefenson 1848 yil 12 avgustda Chesterfil yainidagi Tepton-Xaus degan joyda vafot etadi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan