
1846 yil 17 mayda Belgiyalik master Adolf Saks saksafonni patentladi. Buyuk franko-belgiyalik musiqa cholg‘ulari ustasi Adolf Saks 1841 yilda saksafonni birinchi bo‘lib yaratdi va saksafon uning nomi bilan atala boshlandi. Asbob turli jez, rux va boshqa metallar qorishmasidan tayyorlangan. Bu asbobni yaratishda Aolf Saks nazariy fikr yuritib yangicha prinsp bo‘yicha:konus shaklidagi trubkani klarnet tayoqchasi va goboy qopqog‘i bilan birlashtirdi. Asbobning qobig‘i metaldan yasalib, tashqi ko‘rinishidan bas klarnetiga o‘xshash bo‘lib, oxiri kengaytirilgan va yuqoriga qayrilgan trubkaning uchi metalli tayoqcha bilan birlashtirilgan. Munshtugi yakka tilli, chalg‘ich-barmoq teshiklari klapanlar bilan berkitilgan. Saksning rejalari muvaffaqiyatli amalga oshdi. Yorqin, kuchli va shirali tovushi, keng texnik imkoniyatlarga ega bo‘lganligi bilan ko‘pgina musiqachilarni e'tiborini o‘ziga tortdi.