SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
171819202122
23242526272829
2 sentyabr Vetnam Respublikasining Mustaqillik bayrami
0000-09-02

2 sentyabr V’etnam Respublikasining Mustaqillik bayrami.

                V’etnam Respublikasi. Poytaxti – Xanoy. Hududi – 330991 km2. Aholisi – 8884000 kishi (2012). Davlat tili – v’etnam. Aholi buddaviylik diniga (55%), majusiylik (23%), daosiylik (12%) hamda xristian dinining katolik (10%) mazhabiga e’tiqod qiladi. Pul birligi dong.

                Geografik joylashuvi va tabiati. Janubi-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarimorolida joylashgan davlat. G’arbda – Kambodja (1228 km) va Laos (2130 km), shimolda-Xitoy (1281 km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi – 4639 km. Sharqiy va janubiy sohillari Janubiy Xitoy dengizi bilan tutashgan. Mamlakat 4 ta fizik –geografik hududga bo’lingan. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi – Fon-Si-Pan (Fonshipan) (3143 m) shimolda joylashgan.

                Iqlimi- shimolda subtropik, janubi-sharq va markazida tropik mussonli. Mamlakatning asosiy daryolari – Mekong va Xongxa bo’lib, ular Janubiy Xitoy dengiziga quyiladi. Mamlakat hududida temir rudasi, marganes, boksitlar, ko’mir zaxiralari mavjud. Dengiz shel’flarida neft’ va gaz konlari topilgan. Tog’li hududlarda tropik o’rmonlarining katta bo’lmagan maydonlari saqlanib qolgan. Bu yerda keng bargli bambuk, liana, ban’yan kabi daraxtlar o’sadi. V’etnam hududida fil, ayiq, yo’lbars, kiyik, maymun,quyon, olmaxon kabi hayvonlarni uchratish mumkin. Timsoh, ilon, kaltakesaklar keng tarqalgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan