SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlandi
2003-09-12

2003 yil 12 sentyabr – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

2003 yilni Nukus ahli o‘zgacha hayajon va quvonch bilan esga oladi. Shu yili shaharning 70 yilligi mamlakatimiz miqyosida keng nishonlandi. Ayniqsa, Prezidentimizning tantanali marosimdagi nutqi nafaqat biz nukusliklarni, balki butun qoraqalpoq elini birdek xursand qildi. Ko‘nglimiz tog‘dek yuksaldi.

«Bugun biz navqiron Nukus shahrining katta to‘yini nishonlar ekanmiz, bu shahar timsolida Qoraqalpog‘iston diyorida ro‘y berayotgan yangilanishlar, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, odamlarning turmush tarzida sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirishimiz tabiiy, albatta, — deya ta’kidladi davlatimiz rahbari Nukusning 70 yilligida. — Bu o‘zgarishlar, avvalambor, qoraqalpoq xalqining mashaqqatli mehnati va g‘ayrat-shijoati bilan erishilayotgan katta yutuqlarda, shahar va qishloqlar, ovullarning tobora obod bo‘lib, respublika ishlab chiqarish salohiyatining yuksalib borayotganida, yangi-yangi inshootlarning ishga tushirilayotganida yaqqol namoyon bo‘ladi». Mamlakatimiz rivojiga qo‘shayotgan katta hissasi, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ko‘plab sohalarida qo‘lga kiritayotgan salmoqli yutuqlari, millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasidagi xizmatlari uchun Nukus shahri «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Bu so‘zlarda hech qanday mubolag‘a yo‘q. Zero, bugungi kunda shaharda mamlakatimiz Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiyaning Qoraqalpog‘iston bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti, O‘zbekiston teri-venerologiya, onkologiya, chorvachilik ilmiy tadqiqot institutlarining filiallari, pedagogika instituti, O‘qituvchilar malakasini oshirish instituti va boshqa oliy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yaqinda davlatimiz rahbari Qoraqalpoq zaminiga tashrif buyurdi, safar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filialini borib ko‘rdi, talabalar bilan suhbat qildi. Hozir yoshlar bu dargohda zamonaviy ta’lim standartlari asosida to‘rt yo‘nalish bo‘yicha ilm-fan sirlarini o‘rganmoqda. Shuningdek, shaharda 43 umumta’lim, 2 sport, 2 musiqa maktablari, ko‘plab kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar mavjud.

— Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar birgina Nukus shahri misolida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda,— Keyingi yillarda Maktab ta’limini rivojlantirishning Davlat umummilliy dasturi asosida 35 ta maktabda kapital va joriy rekonstruksiya ishlari olib borildi. Ular zamonaviy o‘quv jihozlari va texnologiyalar bilan ta’minlandi. Shu kunlarda esa shahar markazida 12-Badiiy hunar maktabi qurilishi, shuningdek, 1-bolalar musiqa va san’at maktabida rekonstruksiya ishlari jadal sur’at bilan yakunlanmoqda.

— Nukusda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash darajasi ham yuqori, — deydi shahar hokimligi iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Azamat Daniyarov. — Chunonchi, 2008-2009 yillarda bitiruvchilarning 92,6 foizi ishga joylashgan.

Istiqlol yillarida sog‘liqni saqlash, kasallikning oldini olish, onalar va bolalar salomatligi borasida katta ishlar qilindi. Xususan, 1998 yili Nukusda chaqaloqlar va homilador ayollarda tug‘ma hamda boshqa nuqsonlarni erta aniqlash, davolash, nogironlikni va bolalar o‘limini kamaytirish maqsadida birinchi skrining markazi tashkil etildi. Shu yili «Taslak» shaharchasida yangi 9-poliklinika, 2001 yili «Samanboy» qo‘rg‘onida 10-poliklinika foydalanishga topshirildi. O‘tgan yilning o‘zida Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filiali 20 ming AQSh dollari miqdorida tibbiyot asbob-uskunalari, respublika OITSga qarshi davolash markazi 22 million so‘mlik test tizimlari, respublika qon quyish stansiyasi 529 million so‘m miqdoridagi tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.

— Hozirgi kunda Nukus shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli davolash-profilaktika muassasalarida 335 nafar shifokor, chunonchi, 26 ta akusher-ginekolog, 60 ta terapevt, 96 ta pediatr uch yuz mingga yaqin aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda, — deydi shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‘rinbosari Sholpan Kadirimbetova. — Muhimi, barcha shifoxona, poliklinika va skrining markazlarida tajribali mutaxassislar mehnat qiladi, ular har qanday bemorga aniq tashhis qo‘yishi va uni vaqtida davolashi uchun eng zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ishlaydi.

Keyingi yillarida shahrimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar kishi ko‘nglini ochadi, g‘ayrat va shijoat bag‘ishlaydi. Nukusning bugungi tarovati Samarqand, Buxoro va Toshkent kabi betakror shaharlarimiz qatori sayyohlarni o‘ziga mahliyo etmoqda. Eng muhimi, kishilarimizni yangi marralar sari undamoqda.

Albatta, shaharni shahar qilgan bu ulug‘vor ishlar yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning dunyoda boshqalardan kam bo‘lmaydigan hayotga erishish, chinakam buyuk davlat, ozod va obod Vatan, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi ezgu ishtiyoqi, fidokorona mehnati tufaylidir.

Bugun Nukus katta imkoniyatlar manbaiga, Jayxun javohiriga aylangan. Shahar ahlining dasturxoni to‘kin, xonadoni fayzu barakaga to‘la. Shu bois, ular yurtga obodlik, turmushga farovonlik bag‘ishlayotgan oqilona siyosat fidoyilariga aylangan...

Reyimboy YESHIMBETOV.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan